O'tkir koronar sindrom O'tkir miokard infarqti laboratoriyasi Yurak - Inson tanasidagi murakkab azodir. Umr davomida yurak qisqarishi tufayli arterial tarmoq orqali organizmning barcha to'qimalariga hayot uchun muhim ozuqa moddalarini etkaziladi. Ushbu vazifani bajarish uchun yurakning o'ziga kislorodga to'yingan qon zarur, bu esa koronar tomirlar orqali amalga oshadi. Bu qon tomirlar orqali yurak mushagi ( miokard)ga kislorodga to'yingan qon oqadi. Yurak ishemik kasalligi yurak xurujining sababi hisoblanadi. Miokard infarqti aterosklerozning jiddiy asoratlaridan biri hisoblanadi. U ikki sabab tufayli yuzaga chiqishi mumkin: 1.Agar aterosklerotik pilakchada yoriq yoki yara chiqishi ro'y bersa, trombotsitlar shu joyda yoriqni yopish uchun to'planadi va qon ivishi rivojlanadi(tromb). Tromb kislorodga to'yingan qonning o'tishiga to'sqinlik qilib , miokard infarqti rivojlanishi mumkin. 2.Agar arteriya aterosklerotik pilakchaning muntazam rivojlanishi oqibatida berkilsa, avvalo stenokardiya xurujlari kuzatiladi. Intensiv davo talab qiladigan yurakning og'ir kasalligi hisoblanadi va o'tkir koronar kon oqimi yetishmovchiligi hisobiga yuz beradi. O'KS tashxisi quyidagilardan tashkil topgan: Nomuqim stenokardiya. Bu jiddiy holat hisoblanib, ko'krakdagi og'riq tez-tez takrorlanadi, lekin qon analizlarida miokard nekrozi markyorlari aniqlanmaydi. O'tkir miokard infarqti(Q-tishchasiz miokard infarqti) va (Q-tishchali miokard infarqti). Miokard infarqti qon tahlilida va EKGda tasdiqlanganda tashxislanadi. Yurak huruji ruy bergan bemorlarga dastlabki davrda o'tkir koronar sindrom tashxisini qo'yish mumkin. Shifokorlar bemorning kasallik tarixini, turli testlar, bazi bir faktorlarni analiz qilgan holda tashxisni keyinchalik aniklaydilar. O'tkir koronar sindrom.(O'KS) Ko'krak sohasida og'riq yoki noxushlik(stenokardiya), bosilish, kuyish siqilish, og'irlik yoki ko'krak markazida og'riq bilan kechadi.Yurak xurujida og'riq bir necha daqiqa kechadi, u intensivligiga qarab kamayishi yoki ko'payishi mumkin. Noxushlik tananing yuqori qismida , qo'llarda,bo'yinda, elkada, jag'da va qorinda bo'lishi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.34 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.34 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:59 ]
Arxiv ichida: pptx