O'TKIR REVMATIK ISITMA O'tkir revmatik isitma (Sokolskoy - Buyo kasalligi) - biriktiruvchi to'qimaning tizimli yallig'lanishi bo'lib asosan yurak va qon tomirlar tizimini jarohatlaydi, ko'proq kasallikga moyil bo'lgan kishilarda A-guruhga kiruvchi betta-gemolitik streptokokk bilan bog'liq holda rivojlanadi. EPIDEMIOLOGIYA Ko'p holatlarda kasallik bolalik va o'spirin yoshida boshlanadi (6-15yosh) ETIOLOGIYA A guruhidagi b-gemolitik streptokokk Xavf omillari: Nasliy moyinlik Disgormonal o'zgarishlar Sosial omillar Iqlim omillari PATOGENEZ Streptokokk infeksiyasiga javoban streptokokk antitelolar ishlab chiqariladi va immun komplekslar hosil bo'ladi. Immun komplekslar qonda aylanib yuradi va mikrosirkulyator o'tiradi. Bundan tashqari streptokokk toksinlari va fermentlari miokardga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Revmatizm bilan og'rigan bemorlarda immun tizimning irsiy defekti bo'lib, shuning uchun moyil bo'lgan shaxslarda streptokokk antitelolalar organizmdan eliminasiyasi sekinlashadi. KLINIKA Artrit - revmatik isitmaning asosiy belgisi hisoblanib, bemorlarning 23 qismida uchraydi. Artrit uchib yuruvchi xarakterga ega. Bo'g'imlardagi og'riqlar harakatni cheklanishiga olib kelishi mumkin. Bir vaqtning o'zida bo'g'imlarda shish, ba'zan bo'g'im usti teri qoplamining qizarishi kuzatiladi. Revmokardit - kardit klinikasi miokardit, endokardit yoki perikardit bilan ifodalanadi. Endokardit belgilari: yurak chegaralarini kengayishi, yurak shovqinlari paydo bo'lishi, yurak ritmi buzilishi. Perikardit belgilari: yurak chegaralarini kengayishi, tonlar bo'g'iqlashishi, perikard ishqalanish shovqini. Miokardit belgilari: taxikardiya, o'tkazuvchanlik buzilishi va AV blokada (EKGga qarab). halqasimon eritema - qo'l va oyoqlarning ichki qismida, bo'yin sohasida joylashgan pushti rangdagi qichimaydigan toshmalar. Teri osti revmatik tugunchalar - bo'g'im sohasidagi periartikulyar to'qimada joylashgan mayda hosilalar. Kichik xoreya - husnixat o'zgarishi, talaffuzni tushunarsizligi va harakatlarning noqulayligi bilan kuzatiladigan qul va oyoqlarning, mimik muskullarning o'ziga bog'liq bo'lmagan xaotik harakatlari. O'tkir revmatik isitma diagnostikasi uchun qo'llaniladigan Kissel - Djons diagnostik mezonlari (ARR, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
42.86 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
42.86 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:01 ]
Arxiv ichida: pptx