O'tkir revmatik istma

O'tkir revmatik istma

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'tkir revmatik istma - rasmi

Material tavsifi

O'tkir revmatik istma Reja: Revmatizm (revmatik isitma) Etiologiya va patogenezi Revmatizm (revmatik isitma) - yurak-qon tomir va tayanch-harakat apparatidagi biriktiruvchi to'qimaning tizimli yallig'lanishi. Revmatizmda har qanday azo va tizimlar: miya, buyrak, jigar va boshq. zararlanishi mumkin. Revmatizmning birinchi xuruji asosan bolalik yoshida (7-15 yosh) va o'spirin yoshida sodir bo'ladi. Revmatizm yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish umumiy strukturasi va ular oqibatidagi o'lim ichida ahamiyatli o'rinni egallaydi. Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda yurak revmatik kasalligi yurak-qon tomir kasalliklari hollarining qariyb yarmini tashkil qiladi. Revmatizm bilan kasallanish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda hozirgi vaqtda 100 00 aholi soniga 5 tadan kam bo'lmagan sonni, kam rivojlangan mamlakatlarda esa - 100 00 aholiga 27-100 tani tashkil etadi. Etiologiya va patogenezi. Epidemiologik, klinik kuzatuvlar, mikrobiologik, immunologik va eksperimental tadqiqotlar ma'lumotlari natijalari streptokokkli burun-halqum infeksiyasining (A guruhi β-gemolitik streptokokki) revmatizm bilan aloqasini ko'rsatadi. Revmatizmning streptokokkli etiologiyasi hisoblanadi: revmatizm xurujidan oldin streptokokkli infeksiya (angina, faringit); β-gemolitik streptokokk A guruhi O'RK paytida revmatizm bilan kasallanishning zo'rayishi; streptokokkli antitelolar (ASL, ASG, ASK) titri oshishi; streptokokkga qarshi profilaktika va streptokokli infeksiya o'choqlarini faol davolashdan keyin revmatizm bilan kasallanishning va uning retsidivlarining keskin kamayishi. Revmatizmning streptokokkli etiologiyasi uning klassik shakllari uchun xos, ular o'tkir kechadi va jarayonga bo'g'imlar qo'shilishini o'z ichiga oladi. Revmatizmning retsidivlanuvchi va davomli kechuvchi shakllari bilan streptokokk orasida deyarli bog'liqlik yo'q. Oxirgi shakllarda kechuvchi revmatizmda streptokokk antigenlari oshishi kuzatilmaydi, revmatizm retsidivlarini bitsillin profilaktikasi samara bermaydi. Shu sababli streptokokk infeksiyasining revmatizmning latent, retsidivlanuvchi kechishidagi roli istisno qilinmoqda. Revmatizmning bu shakllarida allergik, infeksion-toksik yoki virusli eitologiyasi taxmin qilinmoqda. Kasallik rivojlanishida ahamiyatli o'rinni azoizmning streptokok infeksiyasiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.94 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.94 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga