O'tkir va surunkali glomerulonefrit Reja: O'tkir glomerulonefrit Surunkali yalpi glomerulonefrit Buyrakning vazifasi organizmdan uning hayot faoliyati davomida hosil bo'ladigan shlaklarni chiqarib yuborishdan iborat. Ingliz shifokori R.Brayt 1827- yilda siydikdagi oqsil bilan umumiy istisqo buyraklarning diffuz kasalliklariga aloqadorligini aniqladi. U bu kasalliklarning klinikasini va buyraklardagi morfologik o'zgarishlarni tasvirlab bergan. Folgard va Far (1914) patogenetik prinsiplarga asoslanib, buyrak kasalliklarni uchta guruhga bo'lganlar: yallig'lanish, degenerativ, tomir sklerotik kasalliklari. Hozirgi vaqtda statistik ma'lumotlarga ko'ra buyraklardagi asosiy kasalliklarning pasayishga moyilligi ko'rinmayapti. Buyraklar patologiyasi juda turli-tuman: ularning rivojlanish nuqsonlari, buyrakning infeksion, zamburug''li va immun kasalliklari, metabolik nefropatiyalar, ximiyaviy, nurdan va tomirdan zararlanishlari, siydik-tosh kasalligi, buyrakning kollagenozlarda va turli endogen va ekzogen intoksikatsiyalarda zararlanishi, buyrak o'smalari va boshqa turdagi qator kasalliklar shular jumlasidandir. So'nggi yillar statistikasi bo'yicha 100 aholiga glomerulonefritlar - 13%, sistitlar - 64%, siydik-tosh kasalligi - 18% ni tashkil qiladi. Glomerulonefritli bemorlar terapevtik bo'limlarga yotqizilgan hamma bemorlarning 1-2% ini tashkil etadi. Mustaqil fan sifatida nefrologiyaning rivojlanishida eng yangi diagnostik va birmuncha ta'sirchan terapevtik usullarni ishlab chiqishning hal qiluvchi ahamiyati bor. Eng yangi diagnostika usullariga buyraklar biopsiyasi, radioizotop renografiya va buyrakni skanirlash, seriyali nefroangiografiya, kompyuterli tomografiya, ekskretor urografiya, ultratovush bilan diagnostika qilish va boshqalar kiritiladi. Shuning uchun har bir hamshira diagnostik usullarni yaxshi bilishi va bemorni bu tekshiruvlarga sifatli tayyorlashi zarur. Biz bilamizki, har bir hamshiraning asosiy vazifasi kasallikning oldini olish va bemorlarni parvarish qilishda faol ishtiroq etishdir. Lekin shu bilan birgalikda, bizning fikrimizcha, har bir hamshira bemorga kerak bo'lganda shoshilinch yordam ham ko'rsatishi zarur, masalan, buyrak sanchig'ida. Hamshiralarning vazifasi quyidagilardan iborat bo'lishi kerak: - har ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.8 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.8 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:02 ]
Arxiv ichida: docx