Otorinolaringologiya tibbiyot mutaxasisligi sifatida

Otorinolaringologiya tibbiyot mutaxasisligi sifatida

O'quvchilarga / Tibbiyot
Otorinolaringologiya tibbiyot mutaxasisligi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Otorinolaringologiya tibbiyot mutaxasisligi sifatida Reja: Endoskopik tekshiruv usuli Bolalar kasalliklarining o'ziga xos xususiyatlari Otorinolaringologiya (LOR - yunoncha otos-quloq, rhinos-burun, laryngos-hiqildoq, logos - ta'limot, o'rganish degan manolarni anglatadi). Bu tibbiyotning mustaqil fani bo'lib, quloq, burun, tomoq kasalliklari hamda ushbu a'zolarning tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Otorinolaringolog doimiy ravishda qizilo'ngach, kekirdak, bronx kasalliklarini, bo'yin sohasidagi nuqsonlarni, yuqori jag', og'iz bo'shlig'i va hattoki miya va miyachaga yaqin bo'lgan a'zolar kasalliklari bilan to'qnashadi. Otorinolaringolog mutaxassisi ko'pincha miya ho'ppozi va meningiti, traxeobronxit va zotiljam, ko'z kosasi kasalliklari va shikastlanishlari, allergik kasalliklar bilan bog'liq tekshiruv va davolash muammolarini hal qiladi. Otolaringologiya ayniqsa pediatriya bilan chambarchas bog'langan hisoblanadi. Bu hatto LOR-pediatriya qo'shaloq atamasini tashkil topishiga, bolalar otolaringologiyasini alohidalanishiga, umumiy qoidalar asosida o'z ifodasini topgan. Bizning ixtisosligimizning hamjihatligi eng avvalo burun, quloq, tomoq kasalliklarining o'zaro uzviy munosabatlariga asoslanadi. Ko'z yoki og'iz bo'shlig'i a'zolari kasalliklarini o'rganish oftalmologiya va stomatologiya fanining predmeti bo'lib, ushbu ko'rsatilgan a'zolar nafaqat anatomik qo'shni, balkim bu sohalar LOR-a'zolari bilan bevosita bog'langan hisoblanadi. Burun va burun yondosh bo'shliqlarining (BYoB) kasalliklari quloqdagi yallig'lanish jarayonlarining asosiy sababidir; halqumning yallig'lanishlari esa dastlab hiqildoq va kekirdakka tez tarqaladi. Eshitish faoliyatining pasayishini oldini olish (profilaktikasi) ko'pincha burun bo'shlig'i va burun-halqum holatining me'yoriy darajada bo'lishiga bog'liqdir. Shifokorlarni otiatr, rinolog yoki faringo-laringologlarga ajratish va bo'lish maqsadga muvofiq bo'lmasada, biroq oto, rino va laringologiya sohalaridagi ilmiy tekshiruvlarga qiziqish taqiqlanmaydi. Bizning a'zolarimiz sohalarida burun, halqum va hiqildoq anatomik joylashishdan tashqari tashqi muhit bilan uzviy bog'laydi. Bu a'zolar birinchi navbatda turli xil salbiy harorat, toksik, kimyoviy va bakteriologik ta'sirlarga uchraydi. Organizmga zararli moddalar va jismlarni kirishini oldini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga