O't-tosh kasalliklari O'T-TOSH KASALLIGI - SABABLARI, ALOMATLARI, TURLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH O't-tosh kasalligi (shuningdek safro-tosh, o't tosh kasalligi), xolelitiaz (qad.yun. χολή - o't, safro, λίθος - tosh) - bu o't pufagi (xolesistolitiaz) va o't yo'llarida (xoledoxolitiaz) tosh (konkrementlar) shakllanishi bilan tavsiflanadigan kasallik. Toshlar safro pigmentlari, xolesterin, ba'zi turdagi oqsillar, kaltsiy tuzlari, safro infektsiyalanishi, uning turg'unligi (damlanishi, stazi), lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida hosil bo'ladi. Kasallik o'ng qovurg'a ostidagi og'riq, o't kolikasi, sariq kasallik bilan kechishi mumkin. Tibbiy amaliyot o't-tosh kasalligini davolashning boshqa usullari samarasiz bo'lishini ko'rsatgani sabab, jarrohlik aralashuvi talab etiladi. Kasallik xoletsistit, fistula shakllanishi, peritonit bilan asoratlanishi mumkin. O't-tosh kasalligi - xolesterin yoki bilirubin metabolizmining buzilishi natijasida o't pufagi va o't yo'llarida toshlar paydo bo'lishiga olib keladigan gepatobiliar tizimdagi safroning sintezi va aylanishi buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. O't-tosh kasalligi o'lim ehtimoli yuqori bo'lgan og'ir asoratlarga olib kelishi tufayli xavfli hisoblanadi. O't-tosh kasalligi rivojlanishi uchun xavf omillari quyidagilardir: Keksa va qari yosh; Xolesterin va bilirubin almashinuviga ta'sir qiladigan preparatlar qabul qilish (fibratlar, menopozda estrogenlar, seftriakson, okreotid); Genetik omillar (onada o't-tosh kasalligi bo'lishi); Ovqatlanish buzilishi (semizlik, tezda ozib ketish, ochlik, xolesterin va yuqori zichlikli lipoproteidlar darajasining ortishi, gipertriglitserinemiya); Ko'p sonli homiladorliklar; Metabolik kasalliklar (qandli diabet, fermentopatiyalar, metabolik sindrom); Oshqozon-ichak trakti a'zolari kasalliklari (Kron kasalligi, o'n ikki barmoqli ichak va safro yo'llari divertikullari, o't yo'llarining infektsiyasi); Operatsiyadan keyingi vaziyatlar (oshqozon rezektsiyasidan, o'zakli vagoektomiyadan so'ng). O't-tosh kasalligi ayollarda ko'proq uchraydi. TOSH SHAKLLANISHINING SABABLARI Safro tarkibiy qismlarining miqdoriy nisbati buzilganda, organizmda qattiq hosilalar shakllanishi sodir bo'ladi, ular vaqt o'tishi bilan kattalashib boradi va birlashadi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:58 ]
Arxiv ichida: pptx