Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari

Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari Reja: 1.Stomatit. 2.Angina. 3.Gastrit. 4.Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi. 5.Me'da-ichakdan qon ketishi. 6.Enterit. 7.Kolit. 8.Xoletsistit, o't tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig'i. 9.Pankreatit. 1.Stomatit - og'iz shilliq pardasining yallig'lanishi. Sababi: surunkali kasalliklar tufayli organizmning zaiflashuvi, uzoq vaqt davomida ovqat tarkibida A, C, PP, B2 va boshqa vita'minlarining yetishmasligi. Belgilari: Stomatit 4 turda uchrashi mumkin: kataral, aftoz, yarali, gangrenoz. - kataral stomatitda og'iz shilliq pardasi qizaradi, achishadi, og'riydi, so'lak oqadi; - aftoz stomatitda og'iz shilliq pardasida moshdek, no'xatdek pufakchalar paydo bo'ladi, ularning atrofi qizaradi, og'riydi, so'lak oqadi; - yarali stomatitda og'iz shilliq pardasida moshdek, no'xatdek yaralar paydo bo'ladi (aftoz stomatit pufakchalarini yorilishi ham yarali stomatitni yuzaga keltiradi), og'riydi, ba'zida tana harorati ko'tariladi, jag' osti limfa tugunlari no'xatdek, loviyadek hajmda kattalashadi, paypaslaganda og'riydi; - gangrenoz stomatit yarali stomatitni o'z vaqtida davolamaslik tufayli yuzaga keladi. Bunda og'iz shilliq pardasining yaralangan to'qimasi nekrozga uchraydi, o'yiladi. Og'riq kuchli bo'ladi, tana harorati ko'tariladi, og'izdan ko'p so'lak oqadi, jag' osti bezlari kattalashadi, og'riydi, ovqatni chaynash qiyinlashadi. Tibbiy yordam: 1.Ovqat suyuq, yumshoq, vita'minlarga boy bo'lishi kerak. Meva-sabzavot suvlari ichiriladi. 2.Bir tabletka furatsillin yoki bir choy qoshiq osh soda bir stakan qaynagan iliq suvga eritilib, og'iz chayqaladi. Yosh bolada bintni namlab og'iz shilliq pardasidagi pufakchalar va yaralar artiladi. 3.Yuqoridagi tadbirdan keyin oksalin, flutsinar, florenal mazlaridan birontasi surtiladi. 4.Og'riqqa qarshi analgin, baralgin, panadol tabletkalaridan birontasi ichishga beriladi. Novokain - 2% yoki anestezin emulsiya - 5% surtiladi. 5.Tana harorati ko'tarilganda: a) analgin 1-2 ml, dimedrol 1 ml, novokain 2 ml bir shpritsga olib muskul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga