Ovqat hazm qilish fiziologiyasi Reja: Me'da bosqichida shirani ajratuvchi rag'batlar. Ingichka ichak shirasining ajralishi. Me'da bosqichida shirani ajratuvchi rag'batlar. Me'daning o'zida paydo bo'ladi, ya'ni me'da cho'zilganda (mexanik rag'bat) va uning shilliq pardasiga oqsillar va ayrim aminokislotalarning gidrolizi mahsulotlarini, hamda go'sht va sabzavotlarning ekstrafaol moddalarini ta'sirida shira ajraladi. Me'daning cho'zilishi tufayli me'da bezlarining faollashuvi, mahalliy (intramural) hamda vagusli reflekslar ishtirokida amalga oshadi. Bu bosqichning mavjudligi ovqatni fistula orqali me'daga kiritish yo'li bilan isbotlangan. Me'da bosqichida shira ajralishining davom etishi va tezlashishi shilliq pardadagi retseptorlarga ovqatning ta'siri natijasida hosil bo'ladigan reflekslarga va gumoral moddalarga bog'liq. Eyilgan ovqat me'da devorlarini cho'zib, undagi mexanoretseptorlarni qo'zg'atadi. It me'dasiga rezina ballon kiritilib puflanganda ham shira ajralishi tajribada aniqlangan. Bu yerdagi refleks yoyining afferent va efferent tolalari ham, sayyor asab tarkibida o'tgan. Me'daning fundal qismidagi retseptorlar qo'zg'atilsa bezlardagi glandulotsitlar bevosita asab yo'li orqali ta'sirlanadi. Pilorik qismiga mexanik ta'sir qilinganda bu yerdagi maxsus hujayralar mahalliy refleks yo'li bilan gastrin gormonining erkin holatga o'tishini ta'minlaydi. Bu gormon miqdorining qonda ko'payishi fundal qismdagi bezlardan shira ajralishini kuchaytiradi. Oqsillarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan peptidlar va aminokislotalar, me'daning pilorik qismidagi hujayralarga ta'sir qilganida, gastrinning qonga o'tishi tezlashadi. Gastrin yuksak faollikka ega bo'lgan modda bo'lib, agar 1 kg tana massasiga, 2 mkg gastrinni teri ostiga yuborilsa, me'da bezlari juda ko'p miqdorda shira ajratadi. U, birinchi navbatda, xlorid kislota sintezlaydigan parietal glandulotsitlarni, ikkinchi navbatda, asosiy glandulotsitlarni va eng keyin mukotsitlarni qo'zg'atadi. Me'da sekretsiyasining me'da bosqichida shira ajralishini gistamin ham kuchaytiradi. Gistamin me'da shilliq pardasida gistidindan hosil bo'ladi, u, asosan parietal glandulotsitlarni qo'zg'atib, ko'p miqdorda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
246.94 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
246.94 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:22 ]
Arxiv ichida: docx