Ovqat hazm qilish sistemasi

Ovqat hazm qilish sistemasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqat hazm qilish sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Ovqat hazm qilish sistemasi RYeJA hazm ORGANLARI TUZILIShI HAZM ORGANLARIDA UChRAYDIGAN KASALLIKLAR HAZM ORGANLARIDAGI PARAZITLAR TUZILIShI HAZM ORGANLARINING YoShGA BOG'LIQ XUSUSIYaTLARI OG'IZ Ovqat hazm qilish kanali og'iz bo'shlig'idan boshlanadi. Jag'larga tishlar joylashgan. Tish suyak moddasiga o'xshash qattiq moddadan iborat. Tishning qattiq emal qavati uning og'iz bo'shlig'iga chiqib turadigan koronkani qoplab turadi, tishni buzilishdan - emirilib ketish va mikroblar kirishidan saqlaydi. Katta yoshdagi odamlarningtishlari 32 ta bo'ladi. Ular bajaradigan faoliyatga bog'liq holda tuzilishi bir xil bo'lmaydi. Yuqorigi va pastki jag'larning old tomonida 4 tadan tekis kurak tishlari bo'ladi. Ular ketidan har qaysi tomonda bittadan o'tkir uchli qoziq tish joylashgan. Ovqatlanayotgan vaqtimizda biz ovqatni kurak va qoziq tishlar yordamida tishlab uzib olamiz. Qoziq tishlardan keyin ikkitadan kichik va uchtadan katta oziq tishlar jag'ning har qaysi tomoniga joylagigan bo'ladi. Oziq tishlar bilan biz ovqatni bo'laklaymiz va maydalaymiz, uni yaxshilab chaynaymiz. Ovqatning og'iz bo'shlig'ida maydalanishi uning hazm bo'lishini osonlashtiradi. Shuning uchun ovqat eyish vaqtida uni yaxshilab chaynash zarur. Tishi yo'q odamlarning ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Bu narsa oshqozon va ichaklarning kasallanishiga olib keladi. OShQOZON Oshqozonda (me'dada) - ovqat hazm qilish kanalining kengaygan katta hajmi bo'limida og'iz bo'shlig'ida boshlangan oziq moddalarning parchalanish jarayoni davom etadi. Oshqozonni shilliq parda qoplagan bo'lib, bu pardaga ko'pdan-ko'p mayda bezchalar joylashgan. Ana shu bezchalar oshqozon shirasini ajratadi. Hazm bo'layotgan ovqatga bir necha soat mobaynida oshqozon shirasi ta'sir etib turadi. Shundan keyin ovqat alohida luqmalar holida oshqozondan ingichka ichakka o'tadi, ingichka ichak qorin bo'shlig'ida ko'p aylanib joylashgan. Ovqat luqmasi oshqozondan ingichka ichakning o'n ikki barmoq ichak birinchi burmasiga tushadi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 233.61 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 233.61 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga