Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi Ovqat hazm qilishning mohiyati va tiplari Me'da-ichak traktidagi mexanik jarayonlar ovqatning tarkibiy tuzilishini va fizikaviy xossalarini, ya'ni zichligini, konsistenstiyasini, zarrachalarining kattaligini va boshqalarni o'zgarishiga olib keladi. Bu hol, chaynash, me'da-ichak trakti mushaklarining qisqarishi, hazm shiralarini suyuq qismlarining ta'siri oqibatida yuzaga keladi. Fizik-kimyoviy jarayonlar (masalan, me'dada xlorid kislotaning yoki ichakda o'tning yuzaki-faol moddalarining ta'siri) ovqat zarrachalarining bo'rtishiga, ular yuzasining tarangligini ortishiga, enzimlarning faollashuviga, tuzlarning eruvchanligini ortishiga yordam beradi. Biologik jarayonlar - ovqatni me'da-ichak trakti bo'limlari orqali sekin-asta o'tishi paytida, uning oziqa polimerlarini enzimli gidroliz oqibatida, avval oraliq mahsulotlargacha, so'ngra monomerlargacha parchalanish jarayonlaridir. Ovqat hazm qilish Ovqat hazm qilish traktidagi enzimli tizimga quyidagilar kiradi: 1. Ovqat hazm qilish sekretlarining enzimlari, ular devor ichidagi yoki devor ortidagi bezlar tomonidan ajratiladi; 2. Ovqat hazm qilish traktidagi mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadigan enzimlar; 3. O'simlik ozuqalari tarkibidagi enzimlar. TISHLAR Tishlar (dentes) ovqat hazm qilishda ishtirok etib qolmay, odamda so'z bo'g'inlarini hosil qilishda ham qatnashadi. Ular yuqori va pastki jag'ning tish katakchalarida milklarning yuqorigi chekkasida joylashadi. Tishlar kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan suyaklarga o'xshaydi va ulardan kelib chiqishi bilan farq qiladi. Tish uch qismdan: toji, bo'yni va ildizidan iborat. Tish toji (corona dentes) og'iz bo'shlig'ida ko'rinib turgan qismi bo'lib, to'rtta yuzasi bor. Tilga qaragan yuzasi (facies lingualis), og'iz dahliziga qaragan yuzasi (facies vestibularis) kesuv va kurak tishlarda lablarga qaragan (facies labialis), kichik va katta oziq tishlarda lunjga qaragan (facies buccalis) bo'ladi. Tishlarning o'zaro yondoshgan yuzasi (facies contactus) va chaynov yuzasi (facies occlusalis) tafovut qilinadi. Tish bo'yni (collum dentis) tish toji bilan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
840.62 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
840.62 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:23 ]
Arxiv ichida: pptx