Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: 1. Og'iz bo'shlig'ida ovqat hazm qilish jarayoni. 2. Oshqozonda hazm jarayoni. 3. Jigar va me'da osti bezi. 4. Ichakdagi hazm jarayonlari. 5. O'suvchi organizmning oziqlanishi. 6. Bolalar va o'smirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Ontogenezda ovqat hazm qilish tizimining rivojlanishi Tirik organizm o'sishi va rivojlanishi uchun tashqaridan oziq-ovqatlar holida oqsillar, yog'lar va uglevodlarni doimo qabul qilib turadi. Oziq moddalari barcha faoliyatlar uchun energiya manbai sifatida ishlatilsa, hujayra va to'qimalarning yangidan paydo bo'lishi yoki yangilanish uchun plastik material bo'lib xizmat qiladi. Bular bilan bir qatorda yana tanaga vita'minlar, madanli moddalar va suv ham qabul qilib turiladi. Ovqatdagi oqsillar, yog'lar va uglevodlar yuqori molekulali (polimerlar) bo'lib, ular qayta ishlanib oddiy molekulalargacha parchalanganidan keyin (monomer) organizm tomonidan o'zlashtiriladi. Bu jarayonlar hazm a'zolari tomonidan amalga oshiriladi. Ovqat hazm qilish deganda oziq moddalarni tashqaridan qabul qilish va ularni organizm tomonidan o'zlashtiradigan oddiy tarkibiy holatgacha olib keladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlari tushuniladi.Fizikaviy jarayon ovqat moddalarni maydalash, eritish kabi o'zgarishlarni o'z ichiga olsa, kimyoviy jarayon davomida erimaydigan yuqori molekulali organik moddalarning hazm fermentlari ta'sirida oson o'zlashtiriladigan oddiy molekulali moddalarga aylanishi sodir bo'ladi. Fermentlar maxsus bezlardan ajralib chiqadigan biologik katalizatorlar bo'lib, ular bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, har bir ferment faqat bir xil moddani parchalay oladi : oqsillarni parchalovchi ferment- proteazalar, yog'larni parchalovchi ferment-lipazalar va uglevodlarni parchalovchi ferment - amilazalar. Bunday kimyoviy reaksiyalar natijasida oqsillar aminokislotalarga, yog'lar yog' kislotalari va glitseringa, uglevodlar esa monosaxaridlarga (glyukoza, fruktoza) aylanadi.Ovqat hazm qilish tizimi og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach, me'da (oshqozon), ingichka ichak, yo'g'on ichak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga