Ovqat hazm qilish tizimi Reja: Og'iz bo'shlig'i. Tishlar. Tishlarning taraqqiyoti. Yuqori va pastki jag'larning taraqqiyoti. Og'iz bo'shlig'i shillik va shillik osti pardalarining va sulak bezlarining taraqqiyoti. Limfoepitelial halqa. So'lak bezlari. Me'da. Qizilo'ngach. Ingichka ichak. Yo'g'on ichak. Klinik ahamiyati Jigar. O't pufagi va jigar tashqarisidagi o't yo'llari. Me'da osti bezi. Hazm sistemasi hazm nayi va yirik hazm bezlaridan tashkil topgan. Bezlar hazm yo'llariga o'z suyuqliklarini chiqarib, oziq moddalarni kimiyoviy jihatdan parchalashda ishtirok etadi. Hazm sistemasining asosiy vazifasi oziqa moddalarni mexanik va ximiyaviy yo'l bilan parchalash va parchalangan moddalarni qon va limfa tomirlariga o'tkazib berish orqali organizmni kerakli qurilish materiali va energiya bilan ta'minlashdan iborat. Shuningdek, hazm yo'llari bo'ylab joylashgan ko'pgina hujayralar hisobiga endokrin vazifalarni ham bajaradi. Morfologik jihatdan esa hazm nayi oldingi, o'rta va orqa bo'limlarga bo'linadi. Oldingi bo'limga og'iz bo'shlig'i, yutqin va qizilo'ngach kirib, bu yerda oziq moddalarni asosan mexanik maydalanaishi kuzatiladi. O'rta bo'limga me'da, ingichka va yo'g'on ichak, jigar va me'da osti bezi kiradi. Hazm sistemasining bu bo'limida oziq moddalarning kimiyoviy parchalanishi yuz beradi va parchalangan oziq moddalar qon va limfa tomirlariga so'riladi. Hazm sistemasining orqa bo'limiga to'g'ri ichakning kaudal qismi kiradi va u asosan najasni evakuatsiya qilish vazifasini o'taydi. Taraqqiyoti. Hazm sistemasining takomili entodermaning vujudga kelishidan boshlanadi. Dastlab entodermadan ichak tarnovi hosil bo'ladi. Tarnovning ichki yuzasidan ichak entodermasi shakllanadi. Tarnovning oldingi va orqa qismlari asta-sekin tutashib nay hosil qiladi. Ichak nayining oldi va orqa qismi teri ektodermasiga tegib turadi. Ektodermaning ichak nayiga tutashgan oldingi qismidan yutqin va orqa qismidan esa kloakal membranalar hosil bo'ladi. Uchinchi haftaning oxiriga kelib ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
612.84 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
612.84 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:23 ]
Arxiv ichida: doc