Оvqat hazm qilish, endokrin va moddalar almashinuvi hamda siydik tanosil sistemalari kasalliklari R e j a: 1.Ovqat hazm qilish organlar tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi. birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va profilaktikasi. 2. Diffuz toksik buqoq va qandli diabet kasalligi, kelib chiqish sabablari. klinik manzarasi, giperglikemik va gipoglikemik koma holatlarida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, oldini olish choralari. 3.Siydik tanosil organlari tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi vrachgacha yordam berish, profilaktikasi. 4.Buyrak tosh kasalligi, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, buyrak sanchig'i xuruji va o'tkir siydik tutilihida birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklariga gastrit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, enterit, kоlit, pankreatit, xolesistit kabi kasalliklar kiradi.Gastrit - oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi kasalligidir. Etiologiyasida alimentar - ovqat omili katta ahamiyatga ega. Sifatsiz ovqat ist'emol qilish, haddan tashqari issiq, sovuq, achchiq ovqatlar yeyish, buzilgan ovqatlarni yeyish, ovqatni yetarli chaynamaslik gastrit kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ayrim hollarda gastrit qator boshqa ichki kasalliklardan keyin kkilamchi rivojlanadi. Masalan: yurak yetishmovchiligida (dimlanish hisobiga), yuqumli kasalliklarda (angina.gripp.sil), kasb kasalliklarida (kislotalar, ishqorlar, simob, qo'rg'oshin, fosfor va hokazo bilan ishlash), ta'sirlovchi dori moddalar qabul qilganda (asetilsalisilat kislota, gormonlar, kaliy yodit, rezerpin) va boshqalarda. Shunday qilib gastritning kelib chiqishida ham ekzogen (tashqi), ham endogen (ichki) omillar ahamiyatga ega. Kechishiga qarab o'tkir va surunkali gastritlar farqlanadi. O'tkir gastrit odatda ovqatlanish tartibi buzilganda ovqatdan 3-5 soat o'tgach rivojlanadi, ba'zan u shiddatli kechishi ham mumkin. Klinik manzarasi. Bemor ishtashasi yo'qligidan, ko'ngil aynishi, kekirish, ovqat, shilliq, o't aralash qusishdan, qorinning yuqori ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:23 ]
Arxiv ichida: doc