Ovqatlanish fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

Ovqatlanish fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqatlanish fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ovqatlanish fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Ovqatlanish fiziologiyasi Oziqlanishga bo'lgan asosiy gigiyenik talablar Darsligimizning oldingi boblarida aytib o'tganimizdek, har bir organizm o'zining hayoti davomida amalga oshiradigan har bir faoliyati uchun (aqliy va jismoniy) hamda barcha azo va tizimlarning (yurak-qon tomirlari, o'pkalar, oshqozon-ichak yo'li, jigar, buyraklar, asab tizimi va boshqalar) doimimy ravishda ishlab turishi hamda to'qima va hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo'lishi uchun tegishli miqdorda energiya va plastik materiallar sarflab boradi. Sarf qilingan energiya va moddalarning o'rni to'liq qoplangandagina me'yoriy o'sish, rivojlanish, maqsadga muvofiq faoliyatlar ko'rsatish kuzatiladi. Buning uchun tashqt muhitdan kerakli miqdorda oziq moddalar doimiy suratda qabul qilib turilishi kerakki, uni oziqlanish yoki ovqatlanish deb aytiladi. Kishilarning, jumladan bolalarning ham oziqlanishi deganda ularning yoshi, qiladigan mehnati, jinsi, ob-havo sharoitlari, milliy urf-odatlari va organizmning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinib asosiy oziq moddalari-oqsil, yog' va uglevodlar hamda mineral moddalar, suv, vita'minlardan qancha va qanday qilib qabul qilish kerakligi tushuniladi. Oziqlanish bilan bog'liq masalalar kishilarni qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelgan, bu haqdagi ommabop va ilmiy ma'lumotlarni Aristotel, Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy asarlarida ko'plab uchratish mumkin. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan oziqlanish haqidagi maxsus fan, yani nutritsiologiya yuzaga keldi, unga muvofiq oziqlanish nazariyalari yaratildi, oziqlanish me'yorlari ishlab chiqildi va hakozo. Bu borada qo'lga kiritilgan yutuqlarga tayanib balanslashtirilgan, oqilona ovqatlanish qoidalari yaratildi, har xil parhez taomlar yaratildiki, ular hisobidan ko'pgina hastaliklarning oldini olish, davolash, jismonan va aqlan sog'lom bo'lishning imkoniyatlari tug'ildi. Organizmning oziqlanish me'yorlarini aniqlash uchun dastavval istemol qilinadigan taomlardagi asosiy oziq moddalari-oqsil, yog' va karbonsuvlarning energetik qiymati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.12 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.12 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga