O'zbekiston dorivor o'simliklarining xom ashyo bazasi. O'zbekiston yovvoyi holda o'sadigan va etishtiriladigan dorivor o'simliklar. Yangi istiqbolli o'simliklarni izlab topish usullari Reja: 1.O'zbekiston dorivor o'simliklarining xom ashyo bazasi. 2.O'zbekiston yovvoyi holda o'sadigan va etishtiriladigan dorivor o'simliklar. 3.Yangi istiqbolli dorivor o'simliklarni izlab topish usullari. 4.xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o'simliklar va ularning mahsulotlari ro'yxati. 5.O'zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o'simliklar. Tayanch iboralar: xom ashyo bazasi, istiqbolli o'simliklar, yovvoyi holda o'sadigan, etishtiriladigan dorivor o'simliklar, an'anaviy tibbiyot, fitopreparatlar, madaniylashtirilgan dorivor o'simliklar , Qizil kitobga kiritilgan dorivor O'simliklar, galen preparatlar, yangi galen preparatlar, individual preparatlar, kompleks preparatlar Mutaxassislarning ta'kidlashlariga yer yuzida 250 ming atrofida gullaydigan o'simlik turlari mavjud. SHular jumlasidan Yevropava Osiyo qitalarida kamida 75 ming turi tarqalgan. Hamdo'stlik mamlakatlarida 20 mingga yaqin, O'rta Osiyoda esa 7 ming atrofida gullaydigan o'simliklar o'sadi. O'zbekiston hududiga yuqori o'simliklardan 4230 tur o'simliklar tarqalgan bo'lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o'simliklar madaniylashtirilgan o'simliklar hisoblanadi. O'zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o'simliklarni ko'pchiligi tog'li hududlarda, tayyorlash qiyin bo'lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo'ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o'simliklar o'sadi va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O'zbekiston hududida ma'lumki asosiy qishloq-xo'jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklar zahirasini qisqarib ketishiga olib keldi. SHuning uchun O'zbekiston florasidagi noyob dorivor o'simliklar bilan Sog'liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni etishtiradigan xo'jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud. Mamalakatimizda dorivor o'simlik mahsulotlariga bo'lgan xalqimiz ehtiyojini iloji boricha to'la ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.57 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.57 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:04 ]
Arxiv ichida: doc