O'zbekiston tibbiyotida mustaqillik yillarida gistologiya fanining yutuqlari va uning istiqbollari

O'zbekiston tibbiyotida mustaqillik yillarida gistologiya fanining yutuqlari va uning istiqbollari

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'zbekiston tibbiyotida mustaqillik yillarida gistologiya fanining yutuqlari va uning istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston tibbiyotida mustaqillik yillarida gistologiya fanining yutuqlari va uning istiqbollari Davlatimiz mustaqillikka erishgach, boshlang'ich davrlarda tibbiy-morfologik fanlar taraqqiyotida, xususan gistologiya fani sohasida qator o'zgarishlar yuz berdi. Albatta bu o'zgarishlar negizida qator sabablar bor edi: Sobiq Ittifoq davrida hamma tibbiy fanlar qatori, morfologik fanlar ham malum darajada Moskva tomonidan boshqarilib turilar, Sog'liqni saqlash vazirligi qoshida fanlar bo'yicha seksiyalar bo'lib, ular o'quv ishlari bo'yicha uslubiy markaz hisoblanardi. Hamma o'quv dasturlari Moskvada tuzilar va shu markazlar tomonidan tasdiqdan o'tar edi. Ilmiy ishlar bo'yicha Ittifoq anatomlari, gistologlari, embriologlarining jamiyati bo'lib, u har 4 yilda bir sezd chaqirar, bu sezdlarda morfologik muammolar malum darajada echilar va yangi muammolar qo'yilar edi. Bu jamiyat ham boshqaruv rolini bajarar edi. Ittifoq Fanlar Akademiyasi, Tibbiyot Fanlari Akademiyalari ham turli muammoli va ishchi komissiyalar orqali morfologik fanlarni (boshqa fanlar ham shunday edi) boshqarib turardi. Respublikada Sog'liqni saqlash vazirligi, Respublika Fanlar Akademiyasi ham Moskvaga bo'ysunar edi. Bu jihatlar Mustaqillik yillari boshida birdaniga yo'q bo'ldi. Bu esa, tibbiy morfologik fanlarga malum darajada ta'sir etdi. Tibbiyot institutlariga qabul kamaydi. ToshDavTI dan IIToshDavTI ajralib chiqdi. Buxoroda mustaqil tibbiyot instituti va uchta viloyatda (Qoraqalpog'iston, Farg'ona, Xorazm) tibbiyot institutlarining yangi filiallari ochildi. Morfologiya sohasida ishlab turgan jamoalar tabiiy ravishda yangi institutlarga bo'lindilar. Bu holat esa mo'ljallangan ilmiy ishlarning yechimiga salbiy ta'sir eta boshladi. Kadrlarning tarqalishi, markaziy tibbiyot institutlarida qabulning kamayishi oqibatida ayrim, ilmli kishilar, pedagoglar ketib qolishdi, bu ham boshlang'ich davrda ilmning rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Gisto-morfologik izlanishlar uchun noyob reaktivlar kerak bo'ladi. O'sha davrlarda reaktivlar asosan Rossiyadan yoki Rossiya orqali chet eldan olinardi. Boshlang'ich davrlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.8 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.8 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga