O'zbekistonda allergologik markazning ahamiyati

O'zbekistonda allergologik markazning ahamiyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'zbekistonda allergologik markazning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda allergologik markazning ahamiyati Reja: O'tkir zotiljam Krupoz zotiljam O'tkir o'choqli zotiljam O'zbekistonda allergologik markazning ahamiyati Allergik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarni faqat shifokor davolaydi. Davolash tadbirlari sababchi allergenni aniqlab, bemorni shu allergendan xoli qilish hamda uning o'sha allergenga sezgirligini pasaytirishga qaratilgan. O'zbekistonda sog'liqni saqlash organlari allergik kasalliklar bilan bemorlarga ixtisoslashgan yordam ko'rsatishga katta ahamiyat bermoqdalar. Poliklinikalarda allergologik kabinetlar, ko'pgina kasalxonalarda allergologiya bo'limlari hamda Respublika allergologiya markazi ishlab turibdi. Respublikamizda allergolog mutaxassislarni tayyorlashga ham katta ahamiyat berilmoqda. Allergolog - allergik kasalliklarni oldini olish va davolash choralarini bajaradigan mutaxassis shifokor. Allergik kasalliklarga moyilligi bor bemorlar allergologiya markazida dispanser hisobida (tekshiruvida) bo'lishlari zarur. Allergologiya markazida allergik sinash usullari o'tkaziladi va bemorlarga spetsifik gidosensibilizatsiya o'tkaziladi. Allergologik kabinet tibbiyot hamshirasi allergenlar inyeksiyasi vaqtida nihoyatda hushyorlik bilan ishlashi kerak. Buning uchun dori flakonlaridagi yozuvlar aniq bo'lishi, hamshira dori yuborishdan oldin ularni albatta o'qishi, shifokor tayinlangan davolash tartibiga qattiq amal qilishi zarur. Allergik kabinetlarda bemorlar bilan tushintirish ishlari olib boriladi va tavsiyalar beriladi. Allergologik markazlarda kuzatuvlar va ilmiy ishlar olib borilib, yangi davolash usullari izlab topiladi. Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va amalda qo'llanadi. O'tkir zotiljam O'tkir zotiljam nafas olish a'zolari kasalliklari orasida ko'p uchraydigan, asosan, o'pka to'qimalari (alveola, oraliq to'qima, mayda qon tomirlari) ning o'tkir yallig'lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Bu kasallik o'rta hisobda har 100 aholiga 16 tadan to'g'ri keladi. O'tkir zotiljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalarda ko'proq uchraydi. Kasallik o'z vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Agar kasallik o'z vaqtida aniqlanmasa, to'g'ri davolanmasa, har xil og'ir asoratlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.92 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.92 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga