O'zbekistonda elektron mikroskop davrida gistologiya fanining rivojlanishi va erishilgan muvaffaqiyatlari (1960 - 1990 yy.) Reja: Ilmiy yo'nalishlar va ularning echilish yo'llari O'zbekiston tibbiyotida ovqat hazm qilish va siydik a'zolari gistologiyasida erishilgan muvaffaqiyatlar O'zbekiston tibbiyotida yurak qon-tomir va nafas olish a'zolari gistologiyasida erishilgan muvaffaqiyatlar Ilmiy yo'nalishlar va ularning echilish yo'llari O'zbekiston gistolog olimlari 1950 yillarning ikkinchi yarmigacha asosan neyrogistologiya yo'nalishida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borishgan bo'lsa, 1960 yillardan boshlab, boshqa yangi ilmiy yo'nalishlarda ham izlanishlar olib bordilar. To'g'ri, biz bu ilmiy yo'nalishlar haqida yozganda, ayrim yo'nalishlarning O'zbekistonga kirib kelishi, yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi bo'yicha ketma-ketlikni saqlashga harakat qilsak-da, turli ilmiy jamoalar, maktablar va ularning paydo bo'lish sharoitlari va vaqtlari, ilmiy yo'nalishlarning o'ta har xil bo'lganligi uchun, bu ish qiyinroq kechdi. Ikkinchidan, ayrim yo'nalishlar birinchi kundan to shu kungacha davom etib kelmoqda. Quyidagi ilmiy yo'nalishlarning paydo bo'lishi O'zbekistonda gistologiya fanining rivojlanish bosqichiga o'ta boshlaganligidan darak beradi. Funksional gistologiya, filoontogenetik gistologiya, tsitologik va qiyosiy gistologiya, har xil nurlar ta'siri gistologiyasi, endokrinologik gistologiya, regeneratsion gistologiya, to'qimalar va qon gistologiyasi, kompensatormoslashuv jarayonlar qonuniyatlari va asoslari gistologiyasi, toksikologik gistologiya, klinik gistologiya, har xil salbiy omillar ta'siri gistologiyasi, ekologik gistologiya, tsitogenetik gistologiya, turli dorilar ta'siri gistologiyasi, farmako-gistologiya, gistologik mikrobiostsenoz, immunologik gistologiya va boshqalar. Bu yo'nalishlar 1960 yillarda va undan keyin paydo bo'ldi. O'zbekistonga filoontogenetik yo'nalishning kirib kelishga ko'p sabablar bor. Birinchidan, har bir tizim, azoning filoontogenetik qonuniyatlarini o'rganish, birinchi galda morfologiya fanining vazifasi hisoblanadi, ikkinchidan, kelajakka mo'ljallangan katta ilm uchun tajribada ishlatiladigan turli hayvonlar a'zolarining morfologik xususiyatlarini bilish lozim, faqat bir xil hayvonda filogenez, qiyosiy morfologiyani ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
679.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
679.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:07 ]
Arxiv ichida: doc