Mavzu: Pankreatit haqida ma'lumot Reja: Etiologiyasi. Surunkali pankreatitning asosiy etiologik omillari Pankreatit tasnifi Surunkali pankreatitning og'irlik darajalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Surunkali pankreatit - me'da osti bezining sekin avj olib boruvchi yallig'lanish jarayoni bo'lib, uning ekzokrin va endokrin faoliyati buzi- lishi bilan kechadigan fokal nekroz va difFuz (yoki segmentar) fibroz bilan tavsiflanadi. Epidеmiologiyasi. Klinik ma'lumotlarga ko'ra, surunkali pankreatit uchrashi populyatsiyada 0,2-06% ni tashkil qiladi. Bu ko'rsatkichlarning o'sishi alkogolizm ko'rsatkichlarining hamda me'da-ichak va o't chiqarish yollari kasaliklari sonining о'sib borishi bilan bog'liqdir. Etiologiyasi. Surunkali pankreatitning asosiy etiologik omillari: Alkogol - surunkali pankreatitning eng ko'p uchraydigan (ay- niqsa, erkaklar orasida) sabablardan biri hisoblanadi. 0't pufagi va o't chiqaruv yo'llari kasalliklari (diskineziya va xole tsistitlar). 12 barmoq ichak kasalliklari. Katta duodenal so'rg'ichning nuqsonlari (stenoz, striktura, yallig'lanish, o'smalar). Alimentar omillar (ko'p miqdorda yog'li ovqat qabul qilinishi, ovqat ratsionida oqsil miqdorining kamayishi). Me'da osti bezi jarohatlari. Metabolik o'zgarishlarda (azotemiya, giperlipidemiya). Nasliy kasalliklar (mukovissidoz, gemoxromatoz). Ba'zi dori vositalar ta'siri (azatioprin, tiazidlar). Toksik ta'sirlar'(qo'rg!oshin, simob). Metabolik atsidoz, gormonal o'zgarishlar. Me'da osti bezida qon aylanishining buzilishi (tromboz, emboliya, aterosklerotik o'zgarishlar). Virusli infeksiyalar (infeksion parotit, Koksaki virusi). Etiologiya (davomi) Endokrin kasalliklar (gipertireozda paratgormonning ko'p ishlab chiqilishi va giperkalsiemiya natijasida me'da osti bezida fermentlar sintezini kuchaytiradi va autoliz holatiga olib keladi). Parazitar invaziyalar (opistorxoz). 0'tkazilgan o'tkir pankreatit (10% holatlarda kuzatiladi). Nasliy moyillik (surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda HLA Al, B8, B27, CW1 tizimining antigenlari aniqlanadi). Idiopatik surunkali pankreatit - kasallikning faqat 60-80%da etio- logiyasi aniqlanadi, qolgan holatlarda kasallik noma'lum etiologiyali deb ataladi. Patogenez. Surunkali pankreatitda asosiy patogenetik mexanizm bo'lib, o'z fermentlar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
889.71 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
889.71 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:26 ]
Arxiv ichida: pptx