Parazitlar va parazitar kasalliklar haqida umumiy ma'lumot

Parazitlar va parazitar kasalliklar haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Tibbiyot
Parazitlar va parazitar kasalliklar haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Umumiy bo'lim parazitlar va parazitar kasalliklar haqida umumiy ma'lumot Reja: Parazitologiyaning rivojlanish tarixi O'zbekistonda parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi Parazitologiya (yunoncha ikkita so'zdan kelib chiqqan bo'lib, parasitos -tekinxo'r, parazit va logos - ta'limot, fan demakdir) - tibbiyot fanining bir tarmog'i hisoblanib, parazitizm hodisalari, yani parazit bilan xo'jayin o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog'liqligi, odam, hayvon va o'simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo'zg'atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o'rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo'jayin o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tekshiradi. Akademik K.I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko'ra, ularni o'rganadigan fanni ikki guruhga bo'ladi. Birinchi guruh - fitoparazitologiya deyilib, u o'simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta'sirida sodir bo'ladigan yuqumli kasalliklarni o'rgatadi. Ikkinchi guruh - zooparazitologiya deyilib, qo'zg'atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gelmintlar, zuluklar, bo'g'im oyoqlilar va boshqalar) har xil parazitlar ta'sirida paydo bo'ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o'rgatadi. Parazitologiyaning rivojlanish tarixi Parazitlar haqidagi ma'lumotlar qadim zamonlardan beri fanga malum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida haqida qo'lyozmalar saqlangan. Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi bo'lib fanga askaridoz degan tushunchani kiritgan. U odamlarda uchraydigan askarida, ostritsa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo'zg'atuvchisi emas, balki o'z-o'zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati deb tushuncha bergan. Eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan yunon faylasufi Arastu qoramollardagi exinokokkoz, cho'chqalardagi tsistitserkoz, odam askaridasi va ostritsasi to'g'risida ma'lumotlar yozib qoldirgan. Ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga