Parazitlarga qarshi preparatlar va ularning tavsifi Reja: Makmiror (nifuratel) Metronidazol- Metronidazolum Furazolidon-Furazolidanum Bezgakka qarshi preparatlar Makmiror (nifuratel) - 5-nitrofurandan hosil bo'lgan bo'lib, hozirgi kunda lyamblioz bilan kasallangan bolalar va kattalarni davolashda juda keng qo'llanilmoqda. Boshqa nitrofuran preparatlardan farqli ravishda, nifuratel tarkibida tioefir (SEH) guruhni saqlaydi, bu esa uning mikrobga qarshi ta'sir samarasini oshiradi. Preparat tez so'riladi, 2 soat davomida plazmada maksimal kontsentratsiyaga ega bo'ladi. Organizmdan (pochka) buyraklar orqali chiqariladi. Nifuratelning ta'sir mexanizmi enzim zanjirlari qatorining bloklanishi va translyatsiyaning eng erta bosqichlarida ribosomadagi oqsil sintezining ingibarlanishi bilan ifodalanadi. Preparatning ta'siri 95% ga ko'tariladi. Terapevtik kontsentratsiyasi 8-10 soat davomida turg'un saqlanadi. Lyambliozda davolash uchun preparatning kattalarda-400 mg 7 kun davomida kuniga 2-3 marta bolalarda tana massasini 15 mgkg qismiga hisoblab 5-7 kun davomida sutkasida 2 marta miqdori beriladi. Nifuratel - ham toksik (zaharligi oz), terotogen va kontserogen ta'siriga ega emas, bu esa preparatni bolalar homiladorlarga davolash uchun qo'llashga imkon beradi. Bazi hollarda preparatning diskomfort va allergik reaksiya kabi salbiy ta'siri namoyon bo'ladi. Bunday ta'sir 2% dan oshmaydi. Lyambliozni davolashda uning effektivligi 96-98% ni tashkil etadi. Agar preparat samarasiz bo'lsa u holda davolash kursi 2-5 haftadan so'ng takrorlanadi. Takroriy davoni xuddi shu dozada o'tkazish 100% natijani ta'minlaydi. Metronidazol- Metronidazolum (sinonim. G'lagul, Trichopol, Esloran, Metronil va boshqalar) anaerob mikroorganizmlar uchun zaharli bo'lib, DNK ni ingibirlaydi. U mutagenlik, o'sma hujayrasiga radiatsiya kirish effektini potentsirlash ta'sir xususiyatiga ega bo'lib, og'iz orqali qabul qilinganda yaxshi so'riladi. Adsorbtsiyasi qarishib, ko'p qismi ingichka ichakda oz qismigina yo'g'on ichakda tugallanadi. Duodenal suyuqlikning mikroskopik tekshiruvlari- fekal tekshiruvlar oldida hech qanday xususiyatga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.89 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.89 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:26 ]
Arxiv ichida: doc