Parazitlarning umumiy tavsifi Reja: Qon sporalilar (Haemosporidia) Kipriklilar (Ciliophora) yoki infuzoriyalar (Infusoria) Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) Nematadodalar (Nematoda) sinfi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Mikcosporidiyalar (Micsosporidia). 4.Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, mikcosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar asosan erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib og'ir kasalliklar va hatto o'limga olib keladigan turlari bor. Sarkodalilar (Sarcodina) sinfiga 1100 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, yani qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Leyshmaniya (Leishmania) urug'ining vakillari ham tripanosomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo'ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo'l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi. Ko'p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi vakili lyambliyani birinchi marta 1859 yilda Xarkov Universitetining professori Lyamble aniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamda tsista ko'rinishida uchraydi. Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz kasalligini qo'zg'atuvchilar bo'lib, uch turni o'z ichiga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.14 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.14 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:26 ]
Arxiv ichida: doc