Patogenezda boshqaruv mexanizimlarining ahamiyati Reja: Mahalliy va umumiy patogenezning munosobotlari. Organizmda patologik jarayonlarning tarqalish yo'llari. Kasalikning kelib chiqishda nerv tizimining va gumoral omillarning ta'siri (reaktivlik, rezistentlik, immunitet). Tayanch iboralar: Patologiya, reaktivlik, rezistentlik, ichki va tashqi himoyaviy to'siqlar, etiologiya, patogenez va boshqalar. Kasallik qo'zg'atuvchi sabablar yig'indisi hamda uni rivojlantiruvchi sharoitlar patogenez deyiladi. Har bir individiumda kasallik kelib chiqishi, kechishi va oqibati haqidagi ta'limotga patogenez deyiladi. Hozirgi etiologik ta'limot kasallik chaqiruvchi hamma sabab va sharoitlarni 3 kategoriyaga bo'lib o'rgatadi. Patogen yoki kasallik chaqiruvchi sabablar, bularga turli mikroorganizmlar, protozoa, zamburg'lar va rikettsiyalar, kimyoviyfizikaviy va mexanik ta'sirotlar kiradi. Yordamchi faktorlar shamollash, to'yimsiz oziqlantirish, parvarishlash, boqish, asrash va gigiyenik sharoitlarga rioya qilmaslik. Indifferent va psixogen omillar. Kasalliklarni kelib chiqishga tashqi muhit ta'siridagi ekzogen va endogen omillar sabab bo'ladi. Kasallikning ekzogen sabablariga mexanik, fizik, kimyoviy biologik omillar kirib, organizmga tashqi muhitdan ta'sir qiladi va har xil patologik jarayonlarni qo'zg'ashi mumkin. Kasalliklarni qo'zg'atuvchi ekzogen sabablar alohida o'rganilmasdan balkim tashqi muhit bilan organizm uzviy bog'langan holda o'rganiladi. Mexanik sabablar - bularga mohiyati, muddati, jarohatlangan joyga ko'ra shikastlanishlarni paydo qiladigan ta'sirlar kiradi. Mexanik sabablar faqat ekzogen emas, balkim endogen ham bo'lishi mumkin. U qon qo'yilishi yoki o'sayotgan o'smaning atrofidagi to'qima va a'zolarga bosim bilan ta'sir qiladi. Odatda shikastlanish yopiq va ochiq bo'lishi bilan farq qilinadi. Terining butunligi saqlanib qolgan holdagi jarohatga yopiq jarohat deyiladi. Terining butunligi buzilishi bilan kechadigan jarohatlar ochiq jarohatlar deyiladi. Bunga asosan kesilgan, yirtilgan, qadalgan, o'q tegishidan hosil bo'lgan jarohatlar kiradi. Fizik sabablar - issiq yoki sovuq, nur energiyasi, elektr toki, atmosfera bosimi, namligi ta'sir etishi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:28 ]
Arxiv ichida: docx