Peri ferik asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va tekshirish usullari

Peri ferik asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va tekshirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Peri ferik asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va tekshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Peri ferik asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va uni tekshirish usullari Reja: 1. Peri ferik asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va uni tekshirish usullari 2. Periferik asab tizimini tekshirish usullari. 3. Harakat tizimi, anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanish belgilari va uni tekshirish usullari Periferik (sirtqi, chekka, uchki) asab tizimi deb, bosh va orqa miyadan boshlangan nerv hujayralari, nerv tolalari va ularning yo'llarida hosil bo'lgan nerv tugunlari, ya'ni gangliyalarga aytiladi. Markaziy asab tizimini teri, mushak, pay bilan bog'lovchi qismiga somatik asab tizimi deyiladi. Markaziy asab tizimini ichki a'zolari, qon tomirlar va ichki sekretsiya bezlari bilan bog'lovchi qismi vegetativ asab tizimi deb ataladi. Orqa miyadan chiqadigan periferik asab tizimida sezuvchi nervning boshlanish qismida mayda nerv tolalari bo'lib, u tashqi muhitdan kelgan har xil ta'sirlarni qabul qilib, impulsga aylantirib beradi. Bunday retseptorlar teri, mushak, pay, ichki a'zolarda joylashgan bo'lib, ulardan kelgan axborotlarni sezuvchi tolalar orqali markaziy asab tizimiga yetkazib beradi. Harakat nerv tolalari esa markaziy asab tizimidan kelgan axborotlarni teri, mushak, qon tomirlar, ichki a'zolarga yetkazib beradi. Markaziy asab tizimi tashqi va ichki muhitdan kelgan axborotlarga organizmni moslashtirib beradi. Periferik asab tizimi zararlanganda, kasallik shu nervga taalluqli mushaklarda falajlik va terida sezgining yo'qolishi hamda sezgi buzilishlari bilan kechadi. Periferik asab tizimi zararlanganda og'riq (nevralgiya) va tana qismlarida uvishish (paresteziya) kuzatiladi. Ayrim nervning zararlanishi natijasida juda qattiq chidab bo'lmaydigan, achishtiruvchi, kuydiruvchi og'riqlar bo'ladi - bu og'riq kauzalgiya deyiladi. Orqa miya ildizlarining zararlanishi - radikulit; orqa miya tugunlarining zararlanishi - ganglionit, nerv chigallarining zararlanishi - pleksit, alohida nervlarning zararlanishi - nevritlar deb ataladi. Orqa miyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.85 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.85 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga