MAVZU: Periferik qon yaratuvchi va immun himoya a'zolar. Taloq va limfa tuguni, tuzilishi. T va V zonalar Dars maqsadi:Periferik qon yaratuvchi va immun-himoya a'zolar tuzilishini o'rganish. Dars vazifalari: 1.Limfa tugunlari tuzilishini o'rganish. 2.Taloq tuzilishini o'rganish. 3.Gemolimfatik tugunlar tuzilishini o'rganish. Talabalar bilishi lozim bo'lgan savollar. 1.Limfa tuguni taraqqiyoti tuzilishi. 2. Limfa tugunida limfa aylanishi 3.Gemolimfatik tugunlar tuzilishi 4. Taloq taraqqiyoti vazifalari. 5. Taloqning oq pulpasi zonalari. 6.Taloqning qizil pulpasi tuzilishi. 7. Taloqda qon aylanishi xususiyatlari. Limfa tugunlari limfa tomirlari bo'ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi. Limfa tugunlari T va V-limfotsitlarning ko'payish va ularning antigenga mos ravishda ixtisoslanishi kuzatiladi. Tugunlar oqib o'tayotgan to'qima suyuqligini yoki limfani barcha yot antigenlardan tozalaydi. Tugunlar limfa uchun depo bo'lib hisoblanadi. Limfa tugunlari mezenxima hujayralaridan rivojlanadi. Limfa tuguni sirtdan zich biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Tugunning kesmasida to'qroq bo'yaogan po'stloq va ochroq bo'yalgan mag'iz moddalarini ajratish mumkin. Po'stloq modda asosan limfoid follikulalardan iborat. Limfa tugunlari Mag'iz modda esa mag'iz tasmalarni va ular orasida joylashgan sinuslardan tashkil topgan. Po'stloq va mag'iz moddalari orasida oraliq yoki po'stloq oldi zona tafovut qilinadi. Po'stloq modda follikulalarida tashqi o'rta va markaziy qismlari farqlanadi. Follikulalar tarkibga asoan V-limfotsitlar kiradi. Oraliq zonada T-limfotsitlar joylashadi. Mag'iz moddada mag'iz tasmalar bo'lib, ular V-limfotsitlar plazmatik hujayralar va makrofaglarpdan tashkil topgan bo'ladi. Limfa tugunda bir qancha sinuslar mavjud. Ular devori endoteliy va retikulyar hujayralardan tashkil topgan. Limfa dastlab chekka yoki kapsula osti sinusiga keyin oraliq mag'iz va markazi sinuslarga o'tadi. Tugundan o'tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi limfotsitlar va antitelalar bilan boyitiladi. Gemolimfatik tugunlar. Ular odamda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
324.26 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
324.26 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:29 ]
Arxiv ichida: pptx