Piyelonefrit

Piyelonefrit

O'quvchilarga / Tibbiyot
Piyelonefrit - rasmi

Material tavsifi

Piyelonefrit Reja: O'tkir piyelonefrit O'tkir va surunkali piyelonefrit Piyelonefrit - buyrak va buyrak jomining yallig'lanishi. Piyelonefrit mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari natijasida vujudga kelishi mumkin. Prostata bezi adenomasi, siydik tosh kasalligi ana shunday kasallik. Piyelonefrit turli yuqumli kasalliklar oqibatida ham paydo bo'ladi. Bolalarda ko'pincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari natijasida paydo bo'ladi. Ko'p ma'lumotlar piyelonefrit bilan aksariyat 40 yoshgacha bo'lgan ayollar (ba'zan homiladorlik davrida, tug'ruqdan keyin), yoshi ulg'ayganda esa erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq kasallanishi tasdiqlangan. Biroq piyelonefrit har qanday yoshda, hatto ko'pincha bolalarda, ayniqsa, 2-3 yoshda, o'g'il bolalarga nisbatan ko'proq qiz bolalarda (anatomik xususiyatlariga ko'ra) paydo bo'lishi mumkin. Binobarin, biz ayollarda xronik piyelonefritning klinikasi, kechishi va boshqa masalalarini birmuncha batafsil o'rganib chiqishimiz zarur. Statistika ma'lumotlariga ko'ra piyelonefritli bemorlar orasida ayollar soni tobora oshib bormoqda. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar orasida piyelonefrit o'g'il bolalarga nisbatan qiz bolalarda ikki baravar ko'p aniqlangan. Piyelonefrit buyrak va siydik chiqarish yo'llari hastaliklari orasida eng ko'p tarqalgan kasallik hisoblanadi. Kasalxonalarni ichki kasalliklar bo'limida piyelonefrit bilan og'rigan bemorlar - 6%, buyrak kasalliklari bo'limida esa 30%ni tashkil qiladi. Piyelonefrit xastaligi bemorlarning yoshiga qarab uch turga bo'linadi. Birinchisi, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida qiz bolalarda o'g'il bolalardan 10 barobar ko'p uchraydi. Ikkinchisi, 18-30 yoshda, uchinchisi nafaqa yoshida, bunda piyelonefrit bilan og'rigan ayollar va erkaklar soni deyarli tenglashadi. Piyelonefrit - bir tomonlama yoki ikki tomonlama, o'tkir, surunkali, qaytalanuvchi bo'lishi mumkin. Alohida birlamchi asoratsiz yoki obstruktiv ikkilamchi piyelonefritlar ajratiladi. Ayollarda ko'pincha birlamchi, erkaklarda esa 90% hollarda ikkilamchi piyelonefrit uchraydi. O'tkir piyelonefrit Piyelonefrit - buyrakning nospetsifik infeksion yallig'lanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga