Presslash jarayonini nazariy asoslari. To'g'ridan to'g'ri presslash istiqbollari Reja 1. Tabletka tavsifi, ishlatilishi. 2. Tabletka ishlab chiqarishni nazariy asoslari. 3. Kolloid nazariya. 4. Kapillyarlik nazariya. 5. Erish nazariyasi. 6. Mexanik nazariya. 7. To'g'ridan - to'g'ri presslash shartlari. Tabletka so'zi lotincha - tabula taxta, tabulla taxtacha so'zidan olingan bo'lib, dorining taxtakachlangan turidir. XIX asrining birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat sonoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo'lgan taxtakach shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta xajmni egallaydigan dori turlari uchun xam foydalanish mumlkinligi aniqlandi. G.Ya. Koganning ma'lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka xolida ishlatilishi 1844 yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan. L.F.Ilin keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, tabletka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874 yilda Rozental taklif qilgan. Aslida Rozental 1882 yilda e'lon qilgan maqolasida tabletka xolida dorilarni berishning sababi va ahamiyatini izoxlagan. Jumladan Rozental ta'biricha, dorivor o'simliklarni tabletka xolida chiqarilishi ularning xajmini kamaytiradi, turqunligini oshiradi, ishlatilishini osonlashtiriladi. Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retseptlarga binoan eng sodda taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan bu yangi dori turiga qiziqish va talab kundan kunga oshib bordi. Bu esa o'z navbatida tabletka tayyorlash jarayonning asta-sekin takomillashuviga, uning sifatini yaxshilash uchun kerakli choralarni ko'rishiga hamda dastgoxlarning mexanik usulida ishlashini ta'minlaydigan tadbirlar qo'llanishiga olib keldi. Germaniya va Shveytsariyada XIX asrning oxirlariga kelib ko'l kuchisiz ishladigan dastgoxlar taklif qilindi. Rossiyaga birinchi marta shunday dastgox 1895 yilning 24 martida Shveytsariyadan keltirildi va Sankt Peterburg shaxrida, hozirgi Oktyabr ishlab chiqarish birlashmasiga o'rnatildi. Bu sohadagi bo'lgan xamma ma'lumotlarni to'plab tartibga solgan birinchi rus olimi L.F.Ilin 1900 yilda Taxtakachlangan dorilar to'qrisida yoki tabletkalar mavzusida ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:35 ]
Arxiv ichida: doc