Psixotrop dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi Reja: 1. Neyroleptiklar 2. Talvasaga qarshi dori vositalari 2.1. Epilepsiyaga qarshi dori vositalari Markaziy asab tizilmasining ruhiy faoliyatiga va turli ruhiy sindromlarga ta'sir qiluvchi dori moddalari psixotrop dori moddalari guruhini tashkil qiladi. Psixotrop moddalarga shuningdek qon bosimini tushiruvchi, talvasaga qarshi, qayt qiliSHny qoldiruvchi, gistaminga qarshi, aritmiyaga qarshi faolliklar ham xosdir. JSST ilmiy guruhi tasnifiga ko'ra psixotrop moddalar 7 guruhga: neyroleptiklar, trankvilizatorlar, antidepressantlar, nootroplar, normomimetiklar, ruhiy faollikni kuchaytiruvchilar va psixoleptiklarga bo'linadi. 1. NEYROLEPTIKLAR Qimyoviy tuzilishiga ko'ra bular 7 guruhga: 1. Fenotiazin (alifatik unumlar: aminazin, propazin, metirazin, frenolon, tioproperazin, ftorfenazin). Piperidin unumlari: tioridazin, ftorfenazin. 2. Rauvolfiya unumlari (VII bobga qarang). 3. Butirofenon unumlari: galoperidol, trifluperidol, droperidol. 4. Indol unumlari: karbidin. 5. Tioksantin unumlari: xlorproteksin. 6. Bizepin unumlari: klozapin. 7. Benzamid unumlari; sulpiridlarga bo'linadi. Farmakodinamikasi. Neyroleptiklarning ta'sir mexanizmi asosida ularning limbik tizilmadagi dofamin qurilmalarini falajlashi yotadi. Bosh miyaning oldingi qismidagi dofamin, adrenalin va serotoninga sezuvchan qurilmalarni falajlab, ular miyaning boshqa tizilmalariga impuls o'tishini qiyinlashtiradi. Neyroleptik moddalar kuchli antipsixoleptik ta'sir ko'rsatib, o'ziga xos tinchlantiruvchi va ataraktik (vazminlik, xotirjamlik) xossaga ega. Bu moddalar vahima, havotirlikhissiyotini, emotsional zo'riqish, tashvishlarni yo'qotadi. Ular ashaddiy ruhiy kasalliklarda tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, shizofreniya, maniakal va paranoid sindromlarni yo'qotadi. Bundan tashqari, neyroleptiklar quyidagi farmakologik faolliklarga ega: - tinchlantiruvchi, uyqu chaqiradigan, narkotik, nonarkotik va mahalliy og'riq qoldiruvchi dorilar samaradorligini oshiradi. Miyaning to'rtinchi qorinchasida joylashgan trigger zonasi impulslarini falajlab, qayt qilish va hiqichoq tutishini yo'qotadi. Tana temperaturasini pasaytiradi. Yurak qontomirlariga ta'sir qilib qon bosimini pasaytiradi, yurak urishlar sonini ko'paytiradi; periferik qon tomirlari qarshiligini kamaytiradi, yurak ritmi buzilishlarini ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.4 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.4 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:37 ]
Arxiv ichida: doc