Qalqonsimon bez kasalliklari Reja: Diffuz toksik buqoq (bazedov kasalligi) Endemik buqoq Miksedema Qandli diabet Qalqonsimon bez hiqildoq qalqonsimon tog'ayi ustida, bo'yinning oldingi yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo'yincha bilan birikkan 2 bo'lakdan iborat. Massasi taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqaridan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga ta'sir qiladi: normaga nisbatan ko'p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining normal bo'lmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganda va bu gormon yetarlicha ishlanmaganda, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi. Diffuz toksik buqoq (bazedov kasalligi) Bu kasallik qalqonsimon bezning bir tekis diffuz kattalashuvi va funksiyasining oshishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ko'pincha 20-50 yoshlarda uchrab, ko'proq ayollar kasallanadilar (5-rasm). Kasallik kelib chiqishida ruhiy zo'riqish, salbiy his-hayajonlar, neyro-endokrin buzilishlar, qalqonsimon bezga surinkali infeksiyalar (tonzillit, revmatizm, sil, zahm va b.) ning ta'siri, intoksikatsiyalar muhim o'rin tutadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi (gipofiz) ham ahamiyatga ega. Boshqa ko'pgina kasalliklarda bo'lgani kabi bu kasallikda ham irsiyatning rolini inkor etib bo'lmaydi. Diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemor yurak urishi, umumiy behollik, tajanglik, ortiqcha terlash, qo'llar titrashi, uyqu buzilishidan shikoyat qiladi. Obyektiv tekshiruvda qalqonsimon bezning kattalashganligi ma'lum bo'ladi. a b 5-rasm. a-Bazedov kasalligida ko'zning chaqchayishi; b-Miksidemada kasalligida bemorning ko'rinishi. Kattalashishning bir necha darajalari farq qilinadi: bez bemorning yutish harakatlaridagina ko'rinishi mumkin va qo'lga yaxshi unnaydi, bezning kattalashganligi yutish harakatlarisiz ham ko'rinib turadi, bez shu qadar kattalashadiki, bo'yinning shakli o'zgarib qoladi. Palpatsiya qilinganda bez zichligi o'rtacha, atrofdagi to'qimalar bilan yopishmagan, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:37 ]
Arxiv ichida: docx