Qandli diabet Diabet - eng keng tarqalgan gormonal kasallik, organizm oshqozon osti bezi gormoni bo'lgan insulinni normal ishlab chiqara olmaydigan yoki o'zlashtira olmaydigan holat hisoblanadi. Natijada qand moddasi o'zlashtirilmaydi, u hujayralarga singishi o'rniga, doim qon tarkibida qoladi va peshob bilan birga chiqarib tashlanadi. Och qoringa qondagi qand miqdorining me'yori - 3,3-5,5 mmoll bo'lishi kerak. Qandli diabet haqida so'z borganda esa bu raqam 6,1 va undan yuqorini takshil etadi. Diabet asosan uchta turga bo'linadi: birinchi, ikkinchi va gestatsion. Uning noprinsipial turlari 30 ga yaqin, biroq ularning ko'pchiligi juda kam uchraydi. Gestatsion diabet - homilador ayollarning muammosi. U o'zi hech qanday oqibatlarsiz o'tib ketishi mumkin, lekin ba'zida birinchi yoki ikkinchi turdagi diabetlarga aylanadi. 1-turdagi diabet - immun tizimi oshqozon osti bezidagi insulin hujayralarini batamom buzib bo'lgan holat hisob lanadi. Bunda odam butun umri davomida insulin in'ektsiyalariga ehtiyoj sezadi. Afsuski, buholda hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Ammo hayotning normal sifatini ushlab turish, kasallikni nazorat qilish va keksalikkacha yashash mumkin 2-turdagi diabet - organizmda insulin bor, lekin hujayralar unga quloq solmaydi (unga nisbatan rezistentlik paydo bo'ladi). U turli-tuman sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin, biroq 90% holatda bunga ortiqcha vazn sabab bo'ladi. Agar vazningiz me'yorida bo'lsa, 2-turdagi diabetga chalinish ehtimoli, hatto bunga genetik moyil bo'lsangiz ham, juda kam bo'ladi. Ko'ngilsiz faktalr: * Nazorat qilinmaydigan diabet insult va infarqt xavfini 2-5 baravarga oshiradi. Ulardan bemorlarning 70% hayotdan ko'z yumadi. * Glyukoza miqdorining doimiy tarzda baland bo'lishi kataraktaga olib keladi, keyin esa 5-10 yildan so'ng ko'zi ojizlikka. * 2-turdagi diabet buyraklarni nobud qiladi: oldiniga peshobda oqsil paydo bo'ladi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
363.95 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
363.95 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:40 ]
Arxiv ichida: pptx