Qandni kamaytiradigan dori vositalarining qliniq va farmaqologiq tavsifi Reja: 1. Insulin dorilari 2. Ichishga ishlatiladigan gipoglikemik dori vositalari 3. Biguanidlar Qand kasalligi keng tarqalgan, masalan, AQSH da hozirgi kunda 10 mln. bemor bo'lib, bulardan 800 nafari insulinga bog'liq bemorlar hisoblanadi. Qand kasalligining insulinga bog'liq (Itur) va insulinga bog'liq bo'lmagan turi (Ptur) farq qilinadi. Qandli diabet kasalini davolashdan maqsad, imkon darajasida kasallik davrida uchraydigan modda almashinuvi buzilishini tiklashga qaratilgan. Qand kasalligining asosiy belgisi qonda qand miqdorining oshib ketishi (giperglikemiya) hisoblanadi. Qonda qand miqdorini kamaytiradigan dori vositalarini qand kasalligiga qarshi moddalar deyiladi. Bu guruhdagi dorilarga insulin preparatlari va ichishga beriladigan qandni kamaytiruvchi dorilar kiradi. 1. INSULIN DORILARI Qandli diabetga uchragan bemorlarning 20-30% insulinga muhtoj bemorlar hisoblanadi, qolgan 40% ga yaqinini ichishga beriladigan dori vositalari yordamida ham davolash mumkin. Insulin 2 ta zanjirdan (Azanjir 21 aminokislota, Vzanjir 30 ta aminokislota saqlaydi) iborat polipeptid bo'lib, normada oshqozon osti bezining rhujayralarida ishlab chiqariladi. Insulin anabolik gormon bo'lib, qandlar va oqsillar parchalanishini nazorat qiladi. Insulin, unga sezuvchan a'zolar (skelet mushaklari, miokard, ko'z gavhari, moy to'qimasi, leykotsitlar va boshqalar) hujayrasi qobig'ining glukozaga o'tkazuvchanligini oshiradi. Insulin hujayralarda glukozaning fosforlanishi Natijasida hosil bo'luvchi glukozabfosfat hosil bo'lishini nazorat qiluvchi glyukokinazalar faolligini oshiradi. Insulin glukozaning glikogenga o'tishini va gepatotsitlarda zahira ko'rinishda to'planishida ishtirok etadi, glikoliz jarayonini jonlantiradi, Qrebs siklida hosil bo'ladigan moddalar sintezini kuchaytiradi, ATF sintezini kuchaytiradi. Insulinning qonda qand miqdorini kamaytirishining sababi, birinchidan, jigarda glikogenolizni susaytirishi natijasida qonga glukoza tushishining kamayishi, ikkinchidan esa, jigar to'qimasi va skelet mushak to'qimalari bilan glukozani ushlab qolishining kuchayishi bilan tushuntiriladi. Insulin yog' to'qimasida glikolitik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.06 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.06 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:41 ]
Arxiv ichida: doc