Qarilik davrida hamshiralik parvarishi. Gerontologiya va geriatriya fani haqida tushuncha

Qarilik davrida hamshiralik parvarishi. Gerontologiya va geriatriya fani haqida tushuncha

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qarilik davrida hamshiralik parvarishi. Gerontologiya va geriatriya fani haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Qarilik davrida hamshiralik parvarishi. Gerontologiya va geriatriya fani haqida tushuncha Reja: Inson hayotida qarish jarayonining kechishi. Gerontologiyada hamshiralik parvarishining o'ziga xos xususiyatlari. Geriatrik yordamni tashkil qilish Sog'liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biri bo'lgan «Gerontologiya» insonning qarish jarayonini o'rganadigan fan bo'lib, yunoncha geros - qari va logos - bilim degan ma'noni anglatadi. «Gerontologiya» ning asosiy maqsadi insonning faol va to'laqonli hayotini uzaytirish yo'llarini izlab topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha bemorlarning 25-30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir. Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko'rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib bormoqda. Bu esa «Gerontologiya» va «Geri-atriya» sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni taqozo etadi. «Gerontologiya» fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: qarish biologiyasi, geriatriya, gerogigiyena, gerontopsixologiya, gerodermiya, gerodietetika, geroekologiya. Keksalik - umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari ta'sirida yosh bilan bog'liq o'zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog'lomlikni, ma'lum darajadagi ish qobiliyatini, dilkashlikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish bilan belgilanadi. Tashqi muhit ta'siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o'sish va rivojlanishi to'xtaganidan keyin boshlanadi. «Gerontologiya» tibbiy biologiya bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmning qarish sabablarini o'rganadi. Qarish - qarilik, ya'ni yosh ulg'aya borishi bilan organizmda paydo bo'ladigan o'zgarishlarning qonuniy tarzda ro'y berish jarayonidir. Umuman olganda, bugungi kunda qarilik muammolarini har tomonlama o'rganadigan turli fan sohalari paydo bo'ldi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.25 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.25 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga