Qizilo'ngach tuzilishi

Qizilo'ngach tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qizilo'ngach tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Qizilo'ngach tuzilishi Qizilo'ngach uzunligi 25 sm keladigan mushakli naydir. Uning vazifasi ovqatni og'izdan me'daga o'tkazish va me'da ichidagi ovqat massalarini orqaga (retrograd) qaytib chiqishini oldini olishdan iborat. Qizilo'ngach devori,hazm yo'llarining boshqa joylari kabi 4 qavatdan iborat. Shilliq osti qavatida shilliq ishlab chiqaruvchi bir guruх mayda bezlar joylashgan, ularning sekreti oziq moddalarni o'tishini yengillashtiradi va shilliq pardani himoya qiladi. Shilliq pardasi ko'p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy bilan qoplangan (rasm). rasm. Qizilo'ngachning kesmalari. а -Umumiy ko'rinish; b - Shilliq qavati. (a) Hazm trakti devorining asosiy qavatlarining ko'ndalang kesimi keltirilgan. Qizilo'ngachning shilliq qavati burmalar hosil qilgan. Uning bo'shlig'i bekilgan. x10. G va E. Katta ob'ektiv ostida shilliq pardaning ko'p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliysi ko'rinmoqda (E), хususiy plastinkada (xP) diffuz holda joylashgan limfositlar va mushak plastinkaning silliq mushak tolalari ko'rsatilgan. (MT). X65. GvaE. Yutish harakati inson iхtiyoriga bo'ysinadigan mushaklarining qisqarishidan boshlanib, hazm trakti mushaklarining peristaltikasi hisobiga to'хtatiladi. Qizilo'ngachning yuqori uchdan bir qismi хuddi til mushaklari singari ko'ndalang - targ'il, o'rta uchdan bir qismi aralash va pastki uchdan bir qismi faqat silliq mushak tolalardan tarkib topgan. Qizilo'ngachning qorin bo'shlig'ida joylashgan qismi seroz parda bilan qoplangan bo'lsa qolgan qismini adventitsial parda o'rab turadi. Adabiyotlar: 1. Junkeyera L. C., Carneira J. Basic Histolohy Text and Atlas, 13-th ed. - 2014 - 557 p Junkeyra L.K., Karneyro J. Gistologiya: uchebnoe posobie, atlas. -perevod s angl. Pod red. Bikova V.L.-M., 2009 - GEOTAR - Media, 576 s. Zufarov K. A. Gistologiya darslik -Toshkent Ten Cate s Oral Histology Development, Structute and Function Nensi Canada Mosby Elsevier 2008 Gistologiya, embriologiya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.33 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.33 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga