Qon aylanish tizimi, uning yoshga bog'liq xususiyatlari

Qon aylanish tizimi, uning yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon aylanish tizimi, uning yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Qon aylanish tizimi uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Chaqaloq yuragining massasi Yurakning kattalashishi va o'z o'qi atrofida burilishi Chaqaloq yuragining massasi 16,5-24 g ga teng bo'lib, u tana massasining 0,68-0,89% ini tashkil qiladi (katta yoshdagi odamlarda yurakning nisbiy vazni 0,48-0,52%). O'ng qorinchaning massasi 6 g, chap qorinchaniki - 5 g atrofida. O'ng qorinchaning devori qalinroq, muskul tolalarining diametri kattaroq. Chaqaloq yuragining bo'yi 3,1 sm, eni 4 sm, u yumaloq yoki oval shaklga ega. Yurak chaqaloqning ko'krak qafasida baland va ko'ndalang joylashgan. Uning chegaralari quyidagicha: tepada - II qovurg'a, pastda - IV qovurg'alar oralig'i, chapda - o'rta o'mrov chizig'idan 1,5 sm tashqarida, o'ngda - to'sh suyagining o'ng qirrasidan 1,5 sm o'ngda. Yurak cho'qqisi IV qovurg'alar oralig'iga to'g'ri keladi. Bola hayotining birinchi kunlaridayoq yurakning ko'krak qafasida joylashishi o'zgaradi. Buning natijasida uning chegaralari ham siljiydi: o'ng chegarasi to'sh suyagining o'ng qirrasidan uzoqlashadi, chap chegarasi esa to'shning chap qirrasiga yaqinlashadi. Bu o'zgarishlar jigarning kichiklashishi, chap o'pka hajmining kattalashishiga bog'liq. Shaqaloq miokardi juda ingichka bo'lib, bir-biridan yaxshi chegaralanmagan muskul tolalaridan iborat. Tolalarning ko'ndalang targ'illigi yaxshi rivojlanmagan. Ular juda ko'p mayda yadrolarga ega. Biriktiruvchi to'qimaning miokarddagi miqdori oz. Bola tug'ilishi bilan qon aylanish tizimi faoliyatida jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Ular, birinchidan, kindik venasi va arteriyasi orqali qon oqishining to'xtashi. Ikkinchidan, kichik qon aylanish doirasi faoliyati boshlanishi bilan bog'liq. Chaqaloqning ilk bor nafas olishi o'pka tomirlari orqali qon oqishining keskin ortishiga olib keladi. Kindik kesilishi bilan yo'ldosh tomirlari orqali qon oqishi to'xtaydi, yurak bajaradigan ish miqdori kamayadi. Chap bo'lmada bosim kamayadi. O'pkada qon oqishi ortishi bilan bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga