Qon aylanishi tizimi

Qon aylanishi tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon aylanishi tizimi - rasmi

Material tavsifi

Qon aylanishi tizimi Reja: Yurakning tuzilishi va funksiyalari. Yurak mushagining fiziologik xususiyatlari. Yurakning o'tkazuvchi tizimi. Reptiliyalarning yuragi, orasida to'sig'i bo'lgan ikkita qorinchaga ega. Kaltakesak va ilonlarda u to'liq emas, yuksak reptiliyalarda (timsoh), qushlar va sut emizuvchilarda esa bu to'siq to'liq shakllangan. Qon aylanishini katta va kichik doiraga bo'linishi tufayli, yurakning o'ng yarmida venadagi qon, chap yarmida - arteriyadagi qon tsirkulyatsiya qiladi (9.2-rasm). Yurakning tuzilishi va funksiyalari. Organizmda qonning harakatini yurak ta'minlaydi. Yurak tiplari quyidagilarga farqlanadi: pulsatsiyalanuvchi qon tomirlar, trubkasimon yuraklar, kamerali yuraklar, ampulyar qo'shimcha yuraklar. Pulsatsiyalanuvchi qon tomirlar evolyutsiyaning tuban davrlarida tarqalgan bo'lib, ular peristaltik yoki lokal qisqaradi, suyuqlik sust tsirkulyatsiya qiladi. Hasharotlardagi pulsatsiyalanuvchi qon tomirlarni trubkasimon yuraklardan ajratish qiyin. Tipik trubkasimon yurak ko'pchilik bo'g'imoyoqlilarda bo'ladi. Qisqarish jarayoni, trubkasimon yurakni to'la qamrab olishi yoki to'lqinsimon ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bunday yurakka, qon juft teshiklar orqali kiradi va bitta yoki bir nechta arteriya orqali chiqib ketadi. Mollyuska va umurtqalilarning kamerali yuragi, ancha mukammal tipdagi nasos bo'lib, bo'lmachalar, qorinchalar va klapanli apparatdan iborat. Ikki kamerali yurak evolyutsiyasi ikki xil nafas oluvchi baliqlardan boshlangan. Rasm.9.3. Sut emizuvchilar- ning yuragi (ko'ndalang kesim). 1-chap bo'lmacha, 2-chap o'pka venasining shoxchalari, 3-perikardning parietal bargi, 4-perikardning bo'shlig'i, 5-mitral klapan, 6-perikard (epikard) ning vistseral bargi, 7-miokard, 8-endokard 9-chap me'dacha, 10-yuqori qism, 11-me'dachalararo to'siq, 12-o'ng me'dacha, 13-uch tabaqali klapan; 14-o'ng bo'lmacha. Suvda va quruqlikda yashovchilarda o'pkaning paydo bo'lishi bilan, ikkita bo'lmacha hosil bo'lib, yurak uch kamerali holatga o'tgan. Bu hayvonlarda, oldingi va orqa kovak venalar hosil bo'lib, ular qonni tanadan o'ng bo'lmaga yo'naltiradi. Yuksak hayvonlar va odamda arterial va vena qoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 705.93 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 705.93 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga