Qon hosil bo'lishi va uning boshqarilishi Reja: Embrionda qon yaratilishi. Jigarda qon yaratilishi. Taloqda, limfa tugunida bo'qoq bezida va suyak ko'migida qon yaratilishi. Qon yaratilishi (gemotsitopoez, haemocytopoiesis). Gemotsitopoez - qon shaklli elementlarining embrionda va yetuk organizmda yaratilish jarayonlarini o'z ichiga olib, ularni o'rganish muhim ahamiyatga ega. Embrionda qon yaratilishi. Odam homilasida dastlabki qon hosil bo'lishi embrion taraqqiyotining 3 xaftasida sariqlik xaltasida boshlanadi. Bu birinchi yoki angioblastik qon taraqqiyoti davridir. Sariqlik xaltasi devoridagi mezenxima hujayralari qon orolchalari shaklida ajralib chiqadi. Keyinchalik mezenxima hujayralari o'z usiklarini yo'qotib yumolok shaklni oladi va qonning o'zak hujayralariga aylanadi. Qon orolchalariniing cheka qismlarida joylashgan mezenxima hujayralari esa, aksincha, yassilashadi va bo'lajak qon tomirlarining devorini hosil qiluvchi endotelial hujayralarga aylanadi. O'zak hujayralarining malum bir qismi birlamchi qon hujayralariga differensiallashadi. Birlamchi qon hujayralari yirik, yumalok va ovalsimon bo'lib, bazofil buyaladigan tsitoplazmaga ega bo'ladi. Ular mitoz yo'li bilan bo'linib ko'payadi. Birlamchi qon hujayralarining keyingi takomili yoki differensiallashishi hujayralar tsitoplazmasida gemoglobin to'planishi va yadroning kichrayib, zichlashishi (piknoz) bilan xarakterlanadi. Sungra yadro hujayradan sikib chiqariladi va nixoyat birlamchi qon hujayralari megaloblast bosqichidan to'g'ridan - to'g'ri megalotsitlarga yoki birlamchi yirik eritrotsitlarga aylanadi. Sxematik tarzda bu protsesni quyidagicha ifodalash mumkin: birlamchi qon hujayrasi - megaloblast - megalotsit. Shuni takidlash kerakki, megaloblastik eritropoez normal sharoitda faqat embrional davrdagina uchraydi, voyaga ktgan organizmda esa patologik xollarda (kamQonlik, vitamin V12 yetishmovchiligi) uchraydi. O'z yashash muddatini o'tagan megalotsitlar emiriladi va romirlarning endoteliy hujayralari tomonidan fagotsitoz qilinadi. Qolgan birlamchi qon hujayralaridan masalan, sarmklik xaltasi tomirlarida ikkilamchi eritrotsitlar rivojlana boshlaydi. Ularning taraqqiyoti megalotsitlar takomillashishidan farq qilib, sekinroq amalga oshadi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.07 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.07 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:46 ]
Arxiv ichida: doc