Qon ketish va birinchi tez yordam Qon ketish. Qon ketishi haqida tushuncha. Tashqi zarba ta'sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo'lishiga qon ketish deyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo'lishi mumkin. Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o'q tegishi. Fizik - radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish. Kimyoviy - kislota va ishqorlardan zararlanish. Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko'ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi. Arterial qon ketishida - oqayotgan qon och qizil rangda bo'lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o'xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi. Venoz qon ketishida - oqayotgan qon to'q qizil rangda bo'lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi. Kapilyar qon ketishida - teri ostidagi, to'qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to'q qizil rangli qon sizib oqadi. Parenximatoz qon ketishida - jigar, taloq, buyrak, o'pka va boshqa parenximatoz a'zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to'qima orasiga va bo'shliqlarga quyiladi (to'planadi). Belgilari. Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to'qimalarning bo'shlig'iga oqishiga ko'ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko'p qon yo'qotgan bo'lsa, bosh aylanish, ko'z oldi qorong'ilashuvi, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi. Qon ketishida tibbiy yordam. 1.Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to'xtatiladi: - tananing qon oqayotgan sohasini yuqoriga ko'tarish; - shikastlangan tomirning yuqorisidan barmoq bilan bosib turish; - bo'g'imlarni bukib turish (tirsak, tizza); - jgut bog'lash (oyoq-qo'lni qon ketayotgan sohasining yuqori qismiga); - qon ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.35 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.35 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:46 ]
Arxiv ichida: ppt