Qon ketish - rasmi

Material tavsifi

Qon ketish Reja: Qon ketish Travmatik shok Qon ketish haqida, belgilari va birinchi yordam haqida. Qon ketish deb qon to'qimasining o'z yo'lidan, yani qon tomir devorining buzilishi (yorilishi, kesilishi, yirtilishi) natijasida tashqariga yoki biron bo'shliqqa (ko'krak bo'shlig'i, qorin bo'shlig'i, bosh suyagi ichi, bo'g'imlarga) oqib chiqishiga aytiladi. Qon ketishi anatomik nuqtai nazardan arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz bo'lsa, sababiga ko'ra mexanik (kesilganda, tomir shikastlan-ganda), neyrotrofik (qon tomir devorining yupqalashishi va o'tkazuv-chanligi oshishi, yani oziqlanishning buzilishi natijasida, sepsis, skar-latina, tsinga kasalliklari oqibatida) sodir bo'ladi. Klinik jihatdan tashqi, ichki, yashirin, qon ketish turlari mavjuddir. Qon ketishi vaqtiga qarab quyidagilarga bo'linadi: birlamchi (shikastlanish ro'y berishi bilanoq). Erta ikkilamchi qon ketishi shikastlanishdan keyingi dastlabki soatlarda va kunlarda. Qon ketishining klinik ko'rinishi quyidagilarga bog'liq: shikastlanish turiga, shikastlanish o'lchoviga, qon tomir turiga, uning diametriga, qonning qayoqqa oqishiga. Arterial qon ketishida yurakdagi bosim hisobiga shikastlangan tomirdan qon fontanday otilib chiqadi. Arterial tomirlardagi qon kislorodga to'yingan bo'lganligi sababli qonning rangi avlon rangda bo'ladi. Bunday qon ketish qisqa vaqt ichida o'tkir kamqonlikka olib keladi va uning natijasida quyidagi hollar kuzatiladi: 1. Arterial qon bosimining progressiv pasayib ketishi. 2. Bosh aylanishi. 3. Ko'z oldi qorong'ilashishi. 4. Ko'ngil aynishi. 5. Qusish. 6. Hushdan ketish. Venoz qon ketishda esa qon rangi ko'kimtir bo'ladi hamda pulsatsiya yo'li bilan oqadi. Buning sababi shundaki, vena qon tomirlarida bosim past bo'ladi va qon hujayralardagi chiqindilar bilan to'yingan bo'ladi. Venoz qon ketishidagi asoratlar kabi hollar kuzatiladi. Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam. Arterial qon ketishda qon ketayotgan tomir bosib turiladi yoki bosib turuvchi bog'lam qo'yiladi, yuqoriroqdan jgut bilan bog'lanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 140.25 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 140.25 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga