Qon ketishi, uning turlari va tibbiy yordam. Qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish

Qon ketishi, uning turlari va tibbiy yordam. Qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon ketishi, uning turlari va tibbiy yordam. Qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish - rasmi

Material tavsifi

Qon ketishi, uning turlari, tibbiy yordam. Qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish. REJA: 1.Qon ketish. 2.Qon ketishining turlari. 3.Qon ketishida tibbiy yordam. 4.Burundan qon ketishi. 5.Qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish. 6.Qon guruhlari va rezus-omili. Qon ketishi haqida tushuncha. Tashqi zarba ta'sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo'lishiga qon ketish deyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo'lishi mumkin. Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o'q tegishi. Fizik - radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish. Kimyoviy - kislota va ishqorlardan zararlanish. Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko'ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi. Arterial qon ketishida - oqayotgan qon och qizil rangda bo'lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o'xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi. Venoz qon ketishida - oqayotgan qon to'q qizil rangda bo'lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi. Kapilyar qon ketishida - teri ostidagi, to'qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to'q qizil rangli qon sizib oqadi. Parenximatoz qon ketishida - jigar, taloq, buyrak, o'pka va boshqa parenximatoz a'zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to'qima orasiga va bo'shliqlarga quyiladi (to'planadi). Belgilari. Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to'qimalarning bo'shlig'iga oqishiga ko'ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko'p qon yo'qotgan bo'lsa, bosh aylanish, ko'z oldi qorong'ilashuvi, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi. Qon ketishida tibbiy yordam. 1.Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to'xtatiladi: - tananing qon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.56 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.56 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga