Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish

Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish - rasmi

Material tavsifi

Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish Reja: 1.Qon ketishi, sabablari, tasnifi, belgilari. 2.Qon yo'qotish darajalari. O'tkir kamqonlik. 3.Qon ketishini vaqtincha va batamom to'xtatish usullari. Ichki qon ketish. 4.Qon quyish. Usullari. Qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar. Qon ketishi deb, qon tomirlarining mexanik shikastlanishi, biror kasallik oqibatida yemirilishi yoki qon ivish tizimining buzilishi, o'tkazuvchanlikning oshib ketishi natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to'qimalarga va ichki bo'shliqqa qon chiqishiga aytiladi. Qon ketish ko'pincha-to'qima va organlarga mexanik ta'sir etish natijasida ro'y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan shikastlanish, jarrohlik operasiyalari ta'sirida). Katta qon tomiri shikastlansa, shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi. Qon ketishi qon tomiri devorining biror kasallik oqibatida yemirilishi esa tomirlar yoki atrof to'qimalarining kasallanishi sababli yuz berib, ateroskleroz, yiringli infeksiya, spesifik yallig'lanish, o'sma va nekroz (jonsizlanishi) kasalliklari qon tomirlarining anatomik buzilishiga olib keladi. I. Qon ketishi kelib chiqishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1.Travmatik turi-odam yarador bo'lganda, biror joyi urilganda, shikastlanishlar oqibatida vujudga keladi. 2.Jarrohlik turi-operasiya qilinganda qon tomirlar ma'lum darajada shikastlanadi va qon oqadi. II.Shikastlangan qon tomirning anatomik va fiziologik holatiga qarab: 1) arterial 2) venoz; 3) aralash; 4) kapillyar 5) parenximatoz. Arterial qon ketishida qon juda tez va kuchli fontanga o'xshab otilib chiqadi. Xavfli bo'lib tezlikda yordam berilmasa, bir necha minut ichida bemor o'lib qolishi mumkin. Agar каttа аrteria tomiri shikastlangan bo'lsa, bunda vishillagan ovoz bilan qon ketadi. Arteriyadan qon oqayotganini quyidagi belgilardan bilish mumkin: oqayotgan qon uzilib-uzilib ingichka bo'lib oqadi, rangi och qizil bo'lib (kislorodga boy), yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi. Venoz qon oqishi venalar shikastlanganda paydo bo'ladi. Venalarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga