Qon sistemasi kasalliklari Reja: Qon sistemasi to'g'risida qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumot Qon yo'qotish oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik Temir yetishmovchiligidan paydo bo'ladigan kamqonlik Qon sistemasi kasalliklari Gematologiya qon va qon yaratish a'zolari, ularning normadagi va patologiyadagi tuzilishi va funksiyasi to'g'risidagi fandir. Hozirgi zamon gematologiyasi qon embriogenezi, morfogenezi va morfofiziologiyasini, qon va qon yaratish a'zolarining norma va patologiyadagi holatini o'rganadi. Anemiya yoki kamqonlik deganda aslida organizmda qizil qon tanachalari va gemoglobin kamayib ketadigan kasallik holatlari tushuniladi. Anemiyalar issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo'lib, bu yerda aholining 10-20% ida qonda gemoglobinning miqdori 100% dan kamdir. Bundan ham ko'proq kamqonlik bolalarda (30-40%) va ayollarda, ayniqsa, homiladorlik davrida uchraydi. Hamshira gematologik kasallarni umumiy shikoyatlari, klinik belgilari, davolash, oldini olish prinsiplari hamda parhez xususiyatlarini (diyetoterapiya) yaxshi bilishi kerak. Bemorni obyektiv va laborator tekshiruvlari asosida hamshira o'z parvarish rejasini tuzadi. Qon kasalliklarida qon ketishi kuzatilishi mumkin (aniq va yashirin), shuning uchun har bir hamshira bemorlarni kuzatishda juda sezgir bo'lishi, shoshilinch yordam ko'rsata bilishi lozim. Qon sistemasi to'g'risida qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumot Bu sistemaga jigar, suyak ko'migi, limfotik tugunlar, taloq kiradi. Bu yerda qon shaklli elementlari: eritrotsitlar, asosan, qizil suyak ko'migida, leykotsitlar taloqda va limfatik tugunlarda, trombotsitlar qizil suyak ko'migida ishlab chiqariladi. Qon oziq moddalarni organizmning hamma hujayralariga yetkazib beradi va zararli mahsulotlarni tashqariga chiqaradi. Qon plazmadan - qondan shaklli elementlar chiqarilgandan keyin qoladigan tiniq suyuqlikdan iborat. Sog'lom odam organizmida qonning umumiy miqdori taxminan 5 litr bo'ladi. Qon plazmasi-suv bo'lib, unda oqsil moddalar, qand, juda mayda yog' zarralari, turli xil tuzlar, erigan holatda kislorod (oz miqdorda) bo'ladi. Qonda 5 x1012l ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:46 ]
Arxiv ichida: docx