Qon va limfa tizimi fiziologiyasi Reja: 1. Qon va limfa tizimi fiziologiyasi, qonning fizik-kimyoviy xususiyatlari. 2. Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari. 3. Qonning faol reaksiyasi va qonning buferliligi. 4. Qonning morfologik tarkibi. Eritrotsitlar qizil qon hujayralari. 5. Eritrositlarning chidamliligi(rezistentligi) va cho'kish tezligi. Адабиётлар ro'yxati. 1. QON VA LIMFA TIZIMI FIZIOLOGIYASI. Qon organizmning eng muhim to'qimalaridan biridir. Qon, limfa va to'qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to'qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo'ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo'q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po'sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo'l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo'ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo'ladi. Gemolimfaning tarkibi organik va anorganik moddalarga boy bo'lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizg'ich rang beradi. Issiq qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim vazifalarni bajara oladigan, o'ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo'lgan suyuq to'qima - qon paydo bo'lgan. Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning bu vazifasi uning turli parchalanib so'rilgan moddalarni- oqsillar, aminokislotalar, yog'lar(lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar, suvni organizmning barcha hujayra to'qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va to'qimalarda hosil bo'lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalarni (metabolitlarni) tegishli chiqaruv ayiruv ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.68 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.68 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:47 ]
Arxiv ichida: doc