Qon va limfa Reja: 1. Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha. 2. Qonning vazifasi va tarkibi. 3. Qon shaklli elementlari. 4. Limfa suyuqligiga xarakteristika. 5. Gemopoez - qonning yaratilishi. Ichki muhit to'qima deb tarkibi nisbiy turg'unlikga ega bo'lgan organizmda trofik, himoya va tayanch vazifalarni bajaruvchi to'qimalar yig'indisiga aytiladi. Bu to'qimaga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to'qimalar kiradi. Ichki muhit to'qimani o'rganishda fagositoz nazariyasini asoschisi I.I.Mechnikov katta xissa qo'shgan. Barcha ichki muhit to'qimalari uchun xos bo'lgan umumiy xususiyatlardan birinchisi, ularning barchasi embrional to'qima-mezinximadan rivojlanadilar, ikkinchisi, ularda hujayra va hujayra oraliq moddalarning bo'lishidir. Qon va limfa tarkibida hujayra oraliq modda suyuq bo'lsa, tog'ay va suyak to'qimalarda-qattiq zichlashgan bo'ladi. Ichki muhit to'qimalarining ma'lum hujayralari fagositoz qilish va antitelalar hosil qilish (himoya) qobiliyatiga ega bo'lsalar, ichki biriktiruvchi to'qimaning boshqa turlari (tog'ay, suyaklar, zich tolali biriktiruvchi to'qimalar) ko'proq mexanik vazifani bajaradilar, siyrak biriktiruvchi to'qima, qon va limfa esa asosan trofik - himoya vazifasini o'taydilar. Qon. Organizmda transport, trofik, himoya, gemostatik va boshqa bir qator vazifalarni bajarib, limfa suyuqligi bilan birgalikda organizmning ichki muhiti asosini tashkil qiladi. I.A.Kassirskiy iborasi bilan aytganda, «Qon organizmning ko'zgusi bo'lib, unda organ va to'qimalarda kechadigan o'zgarishlar o'z aksini topadi». Qon 2 qismdan: plazma (hujayra oraliq suyuq modda) va shaklli elementlardan iborat. Qon o'rta yoshli odamda tana og'irligining 7 foizini tashkil qilib, o'rtacha 5-5, 5 l.ga teng bo'ladi. Qon plazmasi - rangsiz, tiniq suyuqlik bo'lib, 90-92% suvdan va 8-10% quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddaning 5, 5-8% oqsillardan 2, 5-3% boshqa organik va neorganik moddalardan iboratdir. Qon oqsillarining eng muhimlari bo'lib, albumin, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:47 ]
Arxiv ichida: doc