Qon va qonning yaratilishi

Qon va qonning yaratilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon va qonning yaratilishi - rasmi

Material tavsifi

Qon va qonning yaratilishi Reja: Donasiz leykotsitlar - limfotsitlar va monotsitlar. Embrional gemopoez. Postembrional gemopoez Trombotsitopoez Qon va limfa organizmning ichki muhit to'qimasi hisoblanadi. Mazkur to'qimaning o'ziga xos xususiyatlari - uning mezenximadan rivojlanishi, hujayralararo moddaning ko'pligi, hujayra elementlarining turli tumanligi. Qonning vazifalari: transport - gazlarni, oziq moddalarni, gormonlarni, oqsillarni, ionlarni, almashinuv natijasida hosil bo'lgan mahsulotlarni tashiydi; trofik; nafas olish; himoya - yallig'lanish va immun reaksiyalarda ishtirok etish; ekskretor - metabolizm mahsulotlarini chiqarish; gomeostazni boshqarish - organizm ichki muhitini doimiyligini ta'minlaydi, tana haroratni, osmotik muvozanatni, kislota-ishqor holatini boshqaradi; qonning ivishini - qon ketishini oldini oluvchi tromblarni hosil qilish. Qonning og'irligi tana og'irligining 5% tashkil etadi, qonning hajmi - taxminan 5-5,5 l. Qon tarkibi: hujayralararo modda (plazma), shaklli elementlari (hujayralari). Plazma: suvdan (90-95%) va unda eriydigan oqsillar, aminokislotalar, nukleotidlar, glyukoza, mineral moddalar, almashinuv mahsulotlaridan (7-10%) tashkil topgan. Qon plazmasi oqsillari: albuminlar, globulinlar, fibrinogen, protrombin, transferrin, oqsilli fermentlar va boshqalar. Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar. Eritrotsitlar - qizil hujayralar, leykotsitlar - oq hujayralar, trombotsitlar - qon plastinkalari. Eritrotsitlar. 1 mm3 qonda taxminan 5 mln. eritrotsit bo'ladi. Shakli - ikki tomonlama botiq disk, ba'zi kasalliklarda shakli o'zgaradi - poykilotsitoz. Buni diagnostikada ahamiyati katta. Eritrotsitlarning quyidagi shakllari uchraydi: dakrotsitlar - tomchisimon, stomatotsitlar -markazi teshikli, bular o'roqsimon hujayrali anemiyada uchraydi, sferotsitlar - yumaloq shaklli, akantotsitlar -tikanaksimon o'siqli. Eritrotsitlarning diametri-7,2 mkm ± 0,05 mkm. 6 mkm dan kichiklari - mikrotsitlar, 9-12 mkm - makrotsitlar. Qonda anomal o'lchamdagi eritrotsitlarning paydo bo'lishi anizotsitoz deyiladi. Eritrotsitlarning tuzilishi va tarkibi: 66% - suv, taxminan 33% - gemoglobin. Gemoglobinning oqsil qismi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga