Qon va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

Qon va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon va uning yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Qon va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Chaqaloqlik davrida qon hujayralari Limfatik tugunlar Qonning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari Qon tizimi juda murakkab bo'lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. Ularga qonning o'zi, qon yaratuvchi a'zolar, qon emirilishini taminlovchi a'zolar va bu tizimni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi. Qon yaratuvchi a'zolar ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan, qonning shaklli unsurlari (elementlarini) yaratadi, ikkinchidan, hujayra va gumoral immunitetni ta'minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a'zolarga bo'linadi. Qizil suyak ko'migi va ayrisimon bez (timus) odamning markaziy qon yaratuvchi a'zolarini tashkil qilsa, chetdagi a'zolarga limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi, asosan hazm tizimi devoridagi limfoid to'qima kiradi. Bu a'zolarning hammasida yoshga bog'liq sezilarli o'zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko'migi. Bola tug'ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi, organizmning qonga bo'lgan ehtiyoji ortadi. Bu o'zgarishlar qon yaratilishining tezlashishini talab qiladi. Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan qizil ko'mikda rivojlanadi. Uning miqdori chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan tana massasining 1 kg ga hisoblaganda 2-2,5 marta ko'p, chunki naysimon va yassi suyaklarning g'ovak moddasi va bo'shlig'ini qizil ko'mik to'la egallagan. Bola 4 yoshga etganda naysimon suyaklar diafizida ilik (sariq ko'mik) paydo bo'ladi va balog'atga etish davrida suyaklarning bu qismini to'ldiradi. Sariq ko'mik gemopoezda ishtirok etmaydi. Qonning shaklli unsurlarini yaratuvchi o'zak hujayralarning asosiy qismi qizil ko'mikda joylashgan. Qizil ko'mikda umuman uchraydigan 1mln hujayraga 50 ta o'zak hujayra to'g'ri keladi. Ulardagi ko'mikda eritrotsitlar, donali leykotsitlarning hammasi, qon plastinkalari, monotsitlar, makrofaglar va limfotsitlar rivojlanadi. Ko'mik eritrotsitlar emirilishida, ulardan ajralgan temirni qayta o'zlashtirishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.68 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.68 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga