Qon yaratuvchi va immun a'zolarning mikroskopik tuzilishi, qon yaratish Reja: Qon yaratuvchi, immun a'zolar morfofunksional tavsifi, markaziy va periferik guruhlar. Markaziy guruh a'zolari, suyak ko'migi mikroskopik tuzilishi. Gemopoetik va stromal hujayralar. Suyak ko'migining immun jarayondagi roli. Ayrisimon bez - timus. Mikroskopik tuzilishi. T-limfotsitlarning hosil bo'lishida retikuloepitelial hujayralarning roli. Periferik a'zolar. Taloq, pulpa turlari. Oq pulpa, T va V limfotsitopozda oq pulpa roli. Qizil pulpa mikroskopik tuzilishi taloqda qon aylanish xususiyati. Limfatik tugunlar, po'stloq modda gisto-tsitofiziologiyasi. Limfatik tugunlar mag'iz modda gisto-tsitofiziologiyasi, limfa aylanishi. Gemotsitopoez. Immunotsitopoez. TMI: Immunologik reaksiyalarining morfologik asoslari. Immunomorfologiya. a'zolar bir vaqtning o'zida qon shaklli elementlari va immun jarayonida qatnashuvchi immun hujayralar immunotsitlar va immun moddalar ishlaydi. Shuning uchun ular qon yaratuvchi immun himoya a'zolari deyiladi. Bu a'zolar o'z vazifalariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: Markaziy a'zolar guruhiga qizil suyak ko'migi va ayrisimon bez (timuslar) kiradi. Qizil suyak ko'migida qonning o'zak hujayralari bo'lib, unda T-limfotsitlardan tashqari qonning barcha shaklli elementlari takomillashadi. Bu yerda V limfotsitlar differensiallanadi, T-limfotsitlar esa timusda otiladi. T-limfotsitlarga aylanuvchi kam differensiallashgan hujayralar etiladi. Demak, suyak ko'migida odamda V-limfotsitlarning takomilini va V lifotopoezning taminlovchi markaziy azo hisoblansa, timus (ayrisimon yoki bo'qoq bezi) odamda va boshqa sut emizuvchilarda T-limfotsitlar differensiallashadigan asosiy markazdir. Bu organda T-limfotsitlarning boshlang'ich hujayralari ko'payadi va T-limfotsitlarga aylanadi Markaziy a'zolarda limfotsitlarning ko'payishi va differensiallanishi antigenga bog'liq bo'lmagan holda kechadi. Periferik organlarga limfa tugunlari, taloq, gemolimfatik tugunlar kiradi. Bu organlar qatoriga mo'rtaklar,hazm sistemasida alohida joylashgan limfoid follikulalar (ham kiradi) yoki ularning guruhlari, chuvalchansimon o'siq (appendiks) nafas va siydik chiqaruv yo'llari bo'ylab joylashgan limfoid follikulalar ham kiradi. Periferik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.79 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.79 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:47 ]
Arxiv ichida: doc