Qon. Yurak-tomir va nafas olish tizimi

Qon. Yurak-tomir va nafas olish tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon. Yurak-tomir va nafas olish tizimi - rasmi

Material tavsifi

Qon. Yurak-tomir va nafas olish tizimi REJA: 1.Qon. 2.Qon aylanish tizimining ahamiyati. 3.Yurakning tuzilisi. 4.Yurakning ishlashi. 5.Katta va kichik qon aylanish doiralari. 6.Limfa aylanishi. Qon. Qon organizm ichki muhitining tarkibiy qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o'z navbatida hujayralararo (hujayra orasidagi) va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklariga bo'linadi. Qonning funksiyalari. Qon organizmda muhim funksiyalarni bajaradi.Me'da-ichaklarda hazm bo'lgan oziq moddalar qon va limfa tomirlariga so'rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalarni qon ayirish a'zolariga yetkizadi. Qon o'pkadan kislorodni qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Bular qonning tashuvchilik funksiyasidir. Endokrin bezlardan ajralgan gormonlar qon orqali to'qima va a'zolarga yetkazilib, qon organizmda gumoral boshqarilishni ta'minlaydi.Qon tarkibidagi leykotsitlar, antitelalar mikroblarni yutish, parchalash va eritish xususiyatiga ega.Bu qonning himoya funksiyasidir. Shuningdek, qon tana haroratining nisbiy doimiyligini ta'minlashda ishtirok etadi. Qonning tarkibi. Qon ikki qismdan iborat: 1. Qon plazmasi. 2. Qonning shaklli elementlari. Qon plazmasining 90-92 % ini suv, 7-8 % ini oqsil, 0,8 % ini yog'lar, 0,1 % ini uglevodlar (glyukoza), 0,9 % ini mineral moddalar (tuzlar) tashkil etadi. Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. 1 mmі qonda 4-6 mln. dona eritrotsitlar bo'lib organizmni kislorod bilan ta'minlash vazifasini bajaradi. Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deyiladi. 1 mmі qonda 6-8 ming dona leykotsitlar bo'lib, ularning asosiy vazifasi yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikrob va viruslardan organizmni himoya qilishdir. 1 mmі qonda 300-400 ming dona trombotsitlar bo'lib, odam tanasi jarohatlanganda qonning ivishini ta'minlab, qon oqishini to'xtatishda muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.07 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.07 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga