Qonning nafas olish vazifasi. Gemoglobin, uning tuzilishi va xususiyatlari

Qonning nafas olish vazifasi. Gemoglobin, uning tuzilishi va xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qonning nafas olish vazifasi. Gemoglobin, uning tuzilishi va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Qonning nafas olish vazifasi. Gemoglobin, uning tuzilishi va xususiyatlari Reja: Gemoglobinning tuzilishi va xususiyatlari. Gemoglobinning turlari, gemoglobinni aniqlash usullari. Gemoliz va uning turlari. Odam qonida uch xil hujayralar uchraydi: eritrotsitlar (kizil qon hujayralari), leykotsitlar (ok qon tanachalari) va trombotsitlar (Qon plastinkachalari). Qonning bu shaklli elementlari soni, tuzilishi, etilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Eritrotsitlar qondagi son jihatidan eng ko'p bo'lgan shaklli element. Eritrotsitlarning eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1mkl da o'rta hisobda 5, 1mln, ayollarnikida esa 4, 6mln eritrotsit bo'ladi. Eritrotsitlarning soni fiziologik va patologik holatlarda o'zgarib turadi. Ular sonining oshishi - eritremiya, kamayishi - eritropeniya yoki anemiya deyiladi. Eritremiya baland toka ko'tarilganda, odam organizmini kislorod bilan ta'minlashni qiyinlashtiradigan kasallik rivojlanganda (o'pka, yurakning surunkali kasalliklarida), kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi. Eritropeniyaga eritrotsitlar yaratilishining sekinlashishi, tez emirilib ketishi yoki qon yo'qotilishi sabab bo'ladi. Katta odamning qonida jami 25. 1012 -30. 1012 eritrotsit bo'ladi. Qondagi eritrotsitlar yig'indisi eritron deyiladi. Eritrotsitlarning tayanch tuzilmasi - stromasi va yuza qavati - qobig'i tafovut qilinadi. Kobikning tuzilishida boshqa hujayralar membranasidan farq yo'q. Uning kationlar uchun o'tkazuvchanligi juda past, ammo anionlarni bemalol o'tkazadi. Eritrotsitlar massasining 34 % i kuruk modda, kuruk moddaning 90 % i gemoglobin hisoblanadi. Odam eritrotsitlari o'ziga xos shaklga ega: o'rtasi yupqa kulchaga uxshaydi. Diametri 7, 2 - 7, 5 mkm, kalinligi 2, 2 mkm bo'ladi. Eritrotsitlarning o'rtacha hajmi 90 mkm3. Katta odam qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy yuzasi 300 m3, yani butun gavda yuzasidan 1, 5 ming marta ortiq. Bunday katta yuzaning hosil bo'lishi bir tarafdan eritrotsitlar soniga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan shakliga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.85 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.85 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga