Qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi

Qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi Reja: Membrananing tinchlik potentsiali. Membrananing harakat potentsiali. Ta'sirotning bo'sag'a kuchi. Membrananing tinchlik potentsiali. Barcha Qo'zg'aluvchan to'qimalarda, plazmatik membrananing ichki tomoni va hujayra yuzasi o'rtasida, elektr potentsiali mavjuddir. Bu, tinch holatdagi membrana potentsiali bo'lib, har xil turdagi hujayralar uchun tavsifli bo'lgan ma'lum bir yo'nalishga va kattalikka ega. Rasm.2.1. Mikroelektrodlar yordamida mushak to'qimasining membrana potentsialini o'lchash. Odamlarda tinch holatda bo'lgan asab hujayrasi va tolalarining membrana potentsiali taxminan 70 mV bo'ladi. Issiqqonli hayvonlarda esa: skelet mushaklarining tolalarida - 90; miokard hujayralarida - 80; asab hujayralari va to'qimalarida - 60-70; shira hujayralarida - 30 - 40; silliq mushaklar hujayralarida - 30 - 70 mV bo'ladi. Boshqa tirik hujayralarda ham, membrananing tinchlik potentsiali mavjud, lekin uning kattaligi nisbatan kichkina bo'ladi (masalan, eritrotsitlarda - 7 - 10 mV). Bu potentsiallar farqi membrananing tinchlik potentsiali (MTP) deyiladi. Qo'zg'aluvchan to'qimalarda sodir bo'ladigan elektr hodisalarni mikroelektrodlardan foydalanilib o'rganiladi. Mikroelektrod, tok o'tkazuvchi eritmaga to'ldirilgan, uchi juda nozik va ingichka (0,5 mkm) shisha pipetkacha bo'lib, yakka asab hujayrasi yoki asab va mushak tolalari ichiga kiritiladi. Biologik obyektlarda mavjud bo'lgan yoki ta'sirlanganda yuzaga chiqadigan elektr potentsiallar (elektr ko'rsatkichlar yordamida kuchaytirilib) ostsillograflarda kuzatiladi va yozib olinadi. Membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potentsialga ega. Buning isboti uchun 2.1-rasmda ko'rsatilgan chizma bo'yicha kerakli jihozlarni tayyorlash kerak. Mikroelektrodlar hujayra yoki tola membranasining tashqi yuzasida bo'lganda potentsiallar farqi qayd qilinmaydi. Agar, mikroelektrod uchini hujayra ichiga kiritilsa, ostsillograf manfiy zaryad borligini ko'rsatadi. Demak, Qo'zg'aluvchan to'qima tinch holatda bo'lganda membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potentsialga ega. Hujayra membranasining qalinligi 5-10 nm bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 402.44 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 402.44 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga