Quloq fiziologiyasi va uning bolalardagi xususiyatlari. Eshitish analizatori Reja: Quloq suprasi Tashqi eshituv yo'li O'rta quloq. Nog'ora parda. Eshitish naychasi So'rg'ichsimon o'siq Ichki quloq. Eshitish analizatorining adekvat qo'zg'atuvchisi-tovush hisoblanadi. Eshitish analizatori 3 qismdan iborat: Periferik qism - chig'anoq. O'tkazuvchi qism - nerv yo'llari. Po'stloq qism - bosh miya chakka bo'lagida joylashgan. Tovushni qabul qiladigan retseptor hujayralar bosh suyagining chuqur joyi, odam skeletining eng qattiq sohasi - chakka suyagining tosh (piramida) qismida joylashgan (hamma ta'sirlardan himoyalangan). Bunday joylashuvni quloq filogenezini hisobga olgan holda tushuntirish osonroq. Ayrim hasharotlar va baliqlarda eshitish nerv hujayralari tananing yuzasida joylashgan (eshitish chizig'i tizma bo'ylab) va tabiiyki, osonlik bilan noqulay ekzogen (mexanik, kimyoviy, harorat) omillar ta'siriga uchraydi. Hayvonot dunyosining filogenetik rivojlanish jarayonida nozik, oson shikastlanadigan eshitish retseptor hujayralari asta-sekin bosh suyagi tubiga joylashib oldi; shu bilan bir vaqtda, tovush qabul qiluvchi hujayralarga tovushning buzilmasdan, hech qanday yo'qotishlarsiz etib borishini ta'minlaydigan apparat - tovushlarni o'tkazuvchi apparati rivojlandi. Qushlarda o'rta quloqning bazi elementlari allaqachon shakllangan bo'ladi: odamdagi nog'ora bo'shliqni eslatuvchi kichik bo'shliq va kolumella deb nomlanuvchi yagona eshitish suyakchasi (odamda 3 ta, qushlarda 1 ta) mavjud. Bola tug'ilganda, uning tovush o'tkazuvchi apparati, kattalarnikidan ayrim qismlarining o'lchami va joylashuvi bilan farq qilishiga qaramay, tovush o'tkazish vazifasini to'liq bajaradi. Tovush o'tkazuvchi apparat tarkibiga quloq suprasi, tashqi eshituv yo'li, nog'ora pardasi, nog'ora bo'shlig'i, eshitish suyaklari va mushaklari bilan, eshitish naychasi, labirint darchasi, chig'anoqning dahliz va nog'ora narvonlari, suyuqliklari kiradi. Har bir qism o'ziga xos funksional vazifaga ega, shu sababli eshitish qobiliyatining yo'qotilishi va har bir bo'limning zararlanishi xarakteri o'rtasida muayyan bog'liqlik mavjud. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:23:45
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.66 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:23 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.66 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:49 ]
Arxiv ichida: doc